2024-05-30 14:04:20
Davomi
Rag‘batlantiruvchi qo‘l mashqlari 5 bosqichdan iborat: bolaning qo‘lini barmoq uchidan tirsagigacha tashqi tomondan 8-10 marta silash;
barmoqlarni 5-6 marta (bosh bormoqdan tashqari) bukish va to‘g‘rilash 5-6 marta;
bosh bormoqni o‘ng-chap tomonga bukish, dumaloq shaklda harakatlantirish;
kaftni 2-3 marta faollashtirish: barmoq bilan bolaning kafti o‘rtasidan sekin spiral ko‘rinishida silash, spiral kengayib borib, oxiri bola bosh barmoĝida tugaydi
bola bosh barmog‘ida tugaydi;
bolaning qo‘lini barmoq uchidan tirsagigacha tashqi tomondan 8-10 marta silash.
Barmoqlarning nozik harakatlarini rivojlantiruvchi mashqlar: bolani o‘n oyligidan boshlab barcha barmoqlarini harakatga jalb qilish kerak – kub, piramidalar, turli hajmdagi yarimsharni bir biriga taxlash, joylashtirish.
bir yoshdan bir yarim yoshgacha bo‘lgan davrda yog‘ochdan yoki plastmassadan bo‘lgan o‘yinchoqlar, masalan, legolardan piramida, uychalar yasash;
bir yarim yoshdan ikki yoshgacha bo‘lgan davrda mozaykalardan har turdagi shakllarni yig‘ish;
ikki yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davrda o‘yinchoqlarni, yirik tugmachalarni teshiklardan arqon o‘tkazib bir safga terish,
arqonlardan har xil shakldagi bog‘ichlar yasash;
artikulyatsiya mashqlari: sharlarni uflab shishirish, so‘zlarni dona-dona talaffuz qilishga intilish.
Barmoqlar bilan turli xil mashqlarni bajarib, bolalar barmoqlarini nozik harakatlarini yaxshi rivojlanishiga erishiladi, bu nafaqat nutqning rivojlanishiga foydali ta’sir ko‘rsatadi, balki bolani chizishga, yozishga ham tayyorlaydi.
@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi
6.2K views♡, 11:04