Get Mystery Box with random crypto!

Sig‘madi... Yuqoridagi parchani iloji boricha dunyoda necha m | Yettinchi Osmon🕊

Sig‘madi...

Yuqoridagi parchani iloji boricha dunyoda necha milliard inson bo‘lsa, hammasi o‘qishini xohlardim. Mana shu parchagina butun boshli kitobni o‘qib chiqishga undayapti. Ro‘yxatimning boshiga qo‘shib qo‘ydim.

Hozir esa inson naqadar tuban jonzot ekanligining isbotini o‘z misolimda ko‘rib turibman. Boshida ozgina qo‘rqdim ham.
Lekin nima bo‘lgandayam, bu haqiqat. Biz qisman tuban jonzotmiz. Nima deb o‘ylaganding sen?

Misol uchun:
- mana shu kitobni yozgan odam, nega bu so‘zlarni yozgan deb o‘ylaysan?
- chunki katta ehtimol bilan bu hislarni o‘zi yashagan.

Yana bitta misol:
- kitob annotsatsiyasini yozgan odam nega butun boshli kitobdan aynan shu gapnigina ko‘tarib chiqdi?
- bu odam ham katta ehtimol bilan shu hislarni yashab o‘tgan. Bu uning travmasi bo‘lishi ham mumkin.

Undan ham o‘tib tushgani:
-nega hozir klaviaturada o‘tirib, soatlab bularni yozyapman? Boshqa ishim yo‘qmi? Nega aynan yuqoridagi parcha menga kuchli ta'sir qildi? Nima meni fikrlashga majbur qilyapti hozir?
-chunki bu hislarni o‘zim yashaganman. Yashayapman ham. Va boshqalar ham yashaganligini ko‘rib, sal bo‘lsada tinchlandim.

Mana haqiqat. Birov ham senikiga o‘xshash yomon holatga tushganini ko‘rib tinchlanasan-a? "Biz yolg‘iz emasmiz" deysan-a? Yana o‘zingni oqlaysan ham. Bilmayapsanmi, ular ham kamida/ko‘pida senikidek noxush hislarni yashashgan, noxush vaziyatlarga tushishgan. Sen esa ularni ko‘rib, tinchlanyapsan. Mayli, tinchlan. Bu insonning holi, biz shundaymiz. Lekin bu holatingni oqlama, niqoblanma. Shunchaki tuban jonzot ekanligingni angla, tan ol. Shunda o‘zingda va boshqalarda ongiz tubanliklarni ko‘rasan. Balki bu bilan tuban holatingdan chiqolmassan, balki qisman bo‘lsa-da chiqarsan, lekin baribir angla shuni.

Tamom.


@yettinchi_osmon_kanali