Get Mystery Box with random crypto!

Gap o‘zim yaqindan yaxshi tanigan insonlarim, hatto oz bo‘lsad | Yettinchi Osmon🕊

Gap o‘zim yaqindan yaxshi tanigan insonlarim, hatto oz bo‘lsada taniganlarim ustida ketganda ham, doim biror nima deyishga ikkilanaman. Hukm chiqarishim qiyinlashadi. Bir necha yil oldin meni hatto tanimay turib, ustimdan fikr bildiruvchilar ko‘payib qolgandi. Bir safar alam bilan, daftarga shunga o‘xshash gaplarni yozgandim. Keyin yana kimdir o‘qib qolib, xunob qilmasligi uchun yirtib tashlaganman. Yana boshqa juda ko‘p marta, juda ko‘p narsalar yozganman, yana yirtganman/yoqqanman. Hozir olib qo‘ymaganimga afsuslanaman. Chunki o‘sha achchiq gaplarni, chindan o‘sha ahvolga tushgan inson yozgandi. Telefon tutmaganim uchun rasmga ham olib qo‘ymagan ekanman. Bor bo‘lsa ham olmasdim menimcha.

1hafta avval do‘konda "kitobxon kundaligi" degan kundalikda shu gaplarni o‘qib, yana esimga tushdi:
"Kishi haqida hukm chiqarishdan oldin loaqal uning fikr-asrori, uning baxtsizligi, uning hayajoniga sherik bo‘lish kerak".

Onore de Balzak:
"Daxriyning ibodati"

@yettinchi_osmon_kanali