Get Mystery Box with random crypto!

Kimnidir, nenidir kutdim ishonib, Osmonga termirilib o'tdim te | YaxshimasLekin

Kimnidir, nenidir kutdim ishonib,
Osmonga termirilib o'tdim terakday.
Xazon bo'lib hamki ketolmayabman,
Go'yoki haliyam sizga kerakday...

Yaproqdek omonat tabranadi dil,
Tamaki tutatar yana g'olib kuz.
Dunyoni bir go'zal ranga bo'yardim,
Afsus, sizdan oldin kuz keldi, afsus...