Get Mystery Box with random crypto!

YANGI QIZILTEPA

Telegram kanalining logotibi yangiqiziltepaa — YANGI QIZILTEPA Y
Telegram kanalining logotibi yangiqiziltepaa — YANGI QIZILTEPA
Kanal manzili: @yangiqiziltepaa
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.18K

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-05-09 11:37:32
ИККИНЧИ ЖАҲОН УРУШИ ВА ҚИЗИЛТЕПАЛИКЛАР

Иккинчи жаҳон урушида неча нафар қизилтепаликлар иштирок этишган?

Туманимиз аҳли фронтга қандай ва қанча ёрдам берган?

Шу ва бошқа саволларга жавобларни бу ердан топишингиз мумкин.
https://t.me/yangiqiziltepaa
https://t.me/yangiqiziltepaa
643 viewsedited  08:37
Ochish/sharhlash
2023-05-09 08:56:05
9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Qiziltepa tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, tuman DSI, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tuman bo‘limi va tuman Markaziy dehqon bozori hamkorligida markaziy bozorda arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi va olis hududlar uchun yarmarkaning ko‘chma savdo do‘konlari tashkillashtirildi.

Ayni paytda aholi uchun zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari arzonlashtirilgan narxlarda sotilmoqda.
————————————————
https://t.me/yangiqiziltepaa
659 views05:56
Ochish/sharhlash
2023-05-02 19:04:30 Иккинчи жаҳон уруши қатнашчилари ва ногиронларининг ҳар бирига 18 000 000 (ўн саккиз миллион) сўм миқдорида бир марталик пул мукофоти белгиланди.

Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
https://t.me/yangiqiziltepaa

https://t.me/yangiqiziltepaa
333 viewsedited  16:04
Ochish/sharhlash
2023-05-02 18:21:57
Hojiyev Nurali Sharopovich Qiziltepa tumani "Obodonlashtirish" boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

N. Hojiyev 1991 yilda Qiziltepa tumanida tug‘ilgan. 2012 yilda Toshkent davlat arxitektura institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha injener texnolog.

Lavozimga tayinlangunga qadar “Yangi qurilish fayzi” MCHJ rahbari lavozimida ishlab kelgan.
—————————————
https://t.me/yangiqiziltepaa
372 viewsedited  15:21
Ochish/sharhlash
2023-05-02 08:49:26
Qiziltepa tumani yoshlari “Vatanparvarlar” musobaqasining viloyat bosqichida g‘olib bo‘ldi

Batafsil: https://Navoiy/vatanparvarlar/musobaqasi/hg29/04

https://t.me/yangiqiziltepaa
https://t.me/yangiqiziltepaa
525 views05:49
Ochish/sharhlash
2023-05-01 11:34:19 JCH—2023. O‘zbekistonlik bokschilarning ilk bosqichdagi raqiblari

-48 kg: Shodiyor Meliqo‘ziyev - R.Tapa (Nepal)

-51 kg: Hasanboy Do‘smatov - O.Ximenes Kastaneda (Meksika)

-54 kg: Oybek Jo‘rayev - T.Galanov (Serbiya)

-57 kg: Abdumalik Xalokov - K.Allikok (Gayana)/Y.Gilichjanov (Turkmaniston)

-60 kg: Mujibillo Tursunov - V.Singh Varinder (Hindiston)

-63,5 kg: Ruslan Abdullayev - M.Febus (Puerto-Riko)

-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Y.Vakita (Yaponiya)/O.Szot (Polsha)

-71 kg: Saidjamshid Jafarov - T.Muxanga (Mozambik)

-75 kg: A’loxon Abdullayev - M.Jao (Xitoy)

-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev - Y.Nemouchi (Jazoir)

-86 kg: Shohjahon Abdullayev - Ye.Adilbek Uulu
(Qirg‘iziston)

-92 kg Lazizbek Mullajonov - M.Urtado Kolorado (Kolumbiya)

+92 kg: Bahodir Jalolov - B.Toychiyev
(Turkmaniston) - D.Latipov (Bahrayn)
https://t.me/yangiqiziltepaa
https://t.me/yangiqiziltepaa
588 viewsedited  08:34
Ochish/sharhlash
2023-05-01 09:45:24
#Тезкор
Референдумнинг дастлабки натижалари

Референдумда 16 673 189 фуқаро овоз берди.


15 040 55 овоз берувчи, 90,21 фоиз “ҳа” деб овоз берган.

9,35 фоиз қарши овоз берган...

https://t.me/yangiqiziltepaa
https://t.me/yangiqiziltepaa
591 viewsedited  06:45
Ochish/sharhlash
2023-05-01 08:59:18 Azizobod yirik hududiga boruvchi Hafqoriyon mahallasida joylashgan D-400 mm.li yer usti yuqori bosimli gaz quvurida tabiiy gaz sizib chiqish xolati yuzaga kelgan.

Ushbu holatni bartaraf etish uchun hududda joylashgan Azizobod, Hafqoriyon, Sheyxon, Oqmachit, Paxtaobod, Varozun, Arabxona, Mustaqillik, Xusbuddin va Tojikon mahallalaridagi jami 4757 ta aholi xonadonlari va 28 ta ulgurji iste’molchilariga bugun soat 13:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz yetkazish to‘xtatiladi.
——————————————————
Азизобод йирик ҳудудига борувчи Ҳафқориён маҳалласида жойлашган Д-400 мм.ли ер усти юқори босимли газ қувурида табиий газ сизиб чиқиш холати юзага келган.

Ушбу ҳолатни бартараф этиш учун ҳудудда жойлашган Азизобод, Ҳафқориён, Шейхон, Оқмачит, Пахтаобод, Варозун, Арабхона, Мустақиллик, Хусбуддин ва Тожикон маҳаллаларидаги жами 4757 та аҳоли хонадонлари ва 28 та улгуржи истеъмолчиларига бугун соат 13:00 дан 17:00 гача табиий газ етказиш тўхтатилади.
https://t.me/yangiqiziltepaa
https://t.me/yangiqiziltepaa
596 viewsedited  05:59
Ochish/sharhlash
2023-04-30 06:55:10
QIZILTEPADA OVOZ BERISH BOSHLANDI

Butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi Qiziltepa tumanida ham O‘zbekiston Respublikasi referendumiga start berildi.

Ma’lumot uchun: qiziltepaliklarning 88 389 nafari referendumda ovoz berish huquqiga ega, ularning 2101 nafari ilk bor ovoz berish jarayonida qatnashishadi.

Qiziltepada referendum 50 ta referendum uchastkalarida o‘tkazilmoqda.
—————————————
https://t.me/yangiqiziltepaa
680 viewsedited  03:55
Ochish/sharhlash
2023-04-29 16:58:55
XALQARO SHAXMAT MAKTABI QURILISHI DAVOM ETMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Shaxmatni yanada ommalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorida Qiziltepa tumanidagi "To‘dako‘l" dam olish bazasi hududida maktabdan tashqari davlat sport-ta’lim muassasasi hisoblangan Xalqaro shaxmat maktabi qurilishi belgilangan edi.

Ayni kunlarda ushbu maktabning qurilishi jadal sur’atlarda davom etmoqda.

Jarayon bilan tanishish maqsadida tuman hokimi U. Fayziyev ushbu manzilda bo‘ldi va ishlarni amalga oshirayotgan qurilish tashkiloti vakillari bilan suhbatlashdi, jarayonni ko‘zdan kechirdi.
————————————————
https://t.me/yangiqiziltepaa
749 views13:58
Ochish/sharhlash