Get Mystery Box with random crypto!

XALQARO SHAXMAT MAKTABI QURILISHI DAVOM ETMOQDA O‘zbekiston R | YANGI QIZILTEPA

XALQARO SHAXMAT MAKTABI QURILISHI DAVOM ETMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Shaxmatni yanada ommalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorida Qiziltepa tumanidagi "To‘dako‘l" dam olish bazasi hududida maktabdan tashqari davlat sport-ta’lim muassasasi hisoblangan Xalqaro shaxmat maktabi qurilishi belgilangan edi.

Ayni kunlarda ushbu maktabning qurilishi jadal sur’atlarda davom etmoqda.

Jarayon bilan tanishish maqsadida tuman hokimi U. Fayziyev ushbu manzilda bo‘ldi va ishlarni amalga oshirayotgan qurilish tashkiloti vakillari bilan suhbatlashdi, jarayonni ko‘zdan kechirdi.
————————————————
https://t.me/yangiqiziltepaa