Get Mystery Box with random crypto!

YANGI QIZILTEPA

Telegram kanalining logotibi yangiqiziltepaa — YANGI QIZILTEPA Y
Telegram kanalining logotibi yangiqiziltepaa — YANGI QIZILTEPA
Kanal manzili: @yangiqiziltepaa
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.18K

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2023-03-05 08:00:20
DIQQAT! OBOD MANZILLAR EGALARI TAQDIRLANADI

Tuman hokimi U. Fayziyevning tashabbusi bilan tumanimizda "Xonadonim obodligi bilan Yangi Qiziltepa obodligiga vijdonan hissa qo‘shaman" shiori ostida obodlik tadbirlarining 2-mavsumi boshlandi.

Tadbir doirasida har haftaning shanba va yakshanba kunlari (4-, 5-, 11-, 12-, 18-, 19 mart kunlari) tuman bo‘ylab barcha manzillarda va korxonalarda hasharlar o‘tkaziladi.

Shuningdek, bu tadbir doirasida "Eng obod mahalla" va "Eng obod xonadon" tanlovlari ham o‘tkaziladi.

Tanlov doirasida tumandagi eng obod 10 ta mahalla va 50 ta xonadon tanlab quyidagi talablar asosida saralanib, tanlanadi:

- hududning tozaligi
- hududdagi daraxtlarga shakl berilganligi va oqlangani
- yangi daraxt ko‘chatlari ekilganligi
- ekin yerlaridan samarali foydalanilayotgani
- hududdagi ekin yerlarida rayhon, yalpiz ekilganligi
- hududda gullar ekilganligi
- devorlarning oqlanganligi va boshqalar.

Gʻoliblar Navro‘z bayrami arafasida e’lon qilinadi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Xonadoningizni obod qiling va o‘zingiz uchun qimmatbaho sovg‘aga ega bo‘lib, mahallangiz va tumanimiz obodligi uchun vijdonan hissa qo‘shing!
97 views05:00
Ochish/sharhlash
2023-03-04 19:27:55
Айрончи маҳалласида яшовчи О.А ва Р.Рлар 27 февраль куни А. Навоий маҳалласи Ўзбекистон шоҳ кўчасида товламачилик жиноятини содир этишган.

А. Навоий маҳалласида ушбу жиноят муҳокама қилинди.
300 views16:27
Ochish/sharhlash
2023-03-04 09:02:16
Бугун Ўзбекистон жамоалари учун муҳим кун.

U20 ёшларимиз ўз гуруҳида етакчилик учун Ироқ терма жамоаси билан ўйнайди.

Футзал терма жамоамиз жаҳон рейтинги етакчиси Бразилияга қарши меҳмонда ҳаракат қилади.
https://t.me/yangiqiziltepaa
391 viewsedited  06:02
Ochish/sharhlash
2023-03-03 20:03:37
Tumanda shanba — sport kuni munosabati bilan ertaga soat 7:30 da tuman sport maktabida “Sport va sog‘ligimga befarq emasman” shiori ostida piyoda yurish marafoni boshlanadi.
—————————————
Туманда шанба — спорт куни
муносабати билан эртага соат 7:30 да туман спорт мактабида “Спорт ва соғлигимга бефарқ эмасман” шиори остида пиёда юриш марафони бошланади.
440 views17:03
Ochish/sharhlash
2023-03-03 10:03:25
SHOSHILINCh AXBOROT

Navoiy viloyati Gidrometeorologiya boshqarmasining xabariga ko‘ra, joriy yilning 5-10-mart kunlari viloyatimiz bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 5-6 va 8-10-mart kunlari kuchli shamol bo‘lishi mumkin.

5-10-martda
ba’zi joylarda shamol tezligi 15/20 m/s.gacha, 5 va 7-martda 22-25 m/s.gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

5-6 va 8-10-mart kunlari kutilayotgan yomg‘ir sababli viloyatimizning viloyatimizning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan, Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi transport haydovchilaridan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz.

Navoiy viloyati hokimligi
axborot xizmati.
497 views07:03
Ochish/sharhlash
2023-03-01 20:21:45
574 views17:21
Ochish/sharhlash
2023-03-01 20:21:45
5-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida "Zulfiya — sadoqat kuychisi" mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda shoiraning hayoti va ijodiga to‘xtalib o‘tildi va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Shuningdek, sana munosabati bilan ushbu maktabda kitob marafoni ham o‘tkazildi. Unda tumanimizning ko‘plab rahbarlari ishtirok etib, o‘zlari o‘qigan maktablari uchun kitoblar to‘plamlari xarid qilib, direktor orqali maktabga yetkazishdi.
————————————
5-ихтисослаштирилган давлат умумтаълим мактабида "Зулфия — садоқат куйчиси" мавзусидаги маънавий-маърифий тадбири ўтказилди.

Тадбирда шоиранинг ҳаёти ва ижодига тўхталиб ўтилди ва саҳна кўринишлари намойиш этилди.

Шунингдек, сана муносабати билан ушбу мактабда китоб марафони ҳам ўтказилди. Унда туманимизнинг кўплаб раҳбарлари иштирок этиб, ўзлари ўқиган мактаблари учун китоблар тўпламлари харид қилиб, директор орқали мактабга етказишди.
582 views17:21
Ochish/sharhlash
2023-02-25 15:52:08
HOKIM DASTURCHI YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZDI

Tuman hokimi U. Fayziyev tashabbusi bilan O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi Qiziltepa bo‘limi hamkorligida informasion texnologiyalarning turli yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan offlayn va onlayn rejimida ochiq muloqot o‘tkazadi.

Ochiq muloqotda yoshlarning tumanni raqamlashtirish, barcha sohalarga raqamlashtirishni kiritish, dasturlar eksportini rivojlantirish, aholini informasion texnologiyalar bo‘yicha bilimini oshirish kabi yo‘nalishlardagi takliflari tinglandi.

Eng sara takliflar amaliyotga joriy etilishi, eng zo‘r loyihalar moliyalashtirilishi, tumanda Respublika miqyosidagi dasturchilar ishtirokida forum o‘tkazilishi belgilab olindi.

Muloqot so‘ngida viloyat yoshlari hayoti aks etgan "Yoshlar — uchinchi Rennessans bunyodkorlari" kitobining ham taqdimoti o‘tkazilib, bir guruh faol yoshlar va yoshlar yetakchilariga ushbu kitob sovg‘a qilindi.
——————————————
328 views12:52
Ochish/sharhlash
2023-02-24 10:19:48
HOKIM DASTURCHI YOSHLAR BILAN UCHRASHADI

25 fevral
kuni (ertaga) soat 15.00 da tuman hokimi U. Fayziyev tuman hokimligi informatsion texnologiyalar sohasida faoliyat yuritayotgan dasturchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Uchrashuvda yoshlarning tumanni raqamlashtirish, barcha sohalarga raqamlashtirishni kiritish, dasturlar eksportini rivojlantirish, aholini informasion texnologiyalar bo‘yicha bilimini oshirish kabi yo‘nalishlardagi takliflari tinglanishi rejalashtirilgan. 

Ayni paytda Qiziltepada bo‘lmagan, ammo ushbu uchrashuvda ishtirok etmoqchi bo‘lgan yoshlar esa https://t.me/+9me8eEKwung2ZjBi manzilidagi guruhga a’zo bo‘lib, videochat orqali ham qatnashishlari mumkin.
————————————
https://t.me/yangiqiziltepaa
195 viewsedited  07:19
Ochish/sharhlash
2023-02-23 18:54:56
ТАДБИРКОРЛАР БИЛАН УЧРАШУВ ЎТКАЗИЛАДИ

Туман ҳокимлигида ҳар ҳафтанинг жума куни "Тадбиркорларни қабул қилиш куни" сифатида белгиланган.

Қабулнинг навбатдагиси эртага соат 14.00 да Коворкинг маркази (Тадбиркорлар уйи)да бошланади.

Мурожаат учун: +998943743433

Мўлжал: туман Давлат солиқ инспекцияси ва туман Молия бўлими биноларининг ораси
374 views15:54
Ochish/sharhlash