Get Mystery Box with random crypto!

XXI - asr internet va texnologiya. Hozirda zamonaviy kasblard | Xursandov Adhamjon / own opinion,blog,bookblog

XXI - asr internet va texnologiya.

Hozirda zamonaviy kasblardan biri hisoblanmish 3D grafika yo'nalishi bo'yicha o'qiyapman.Mana bir necha kundirki yangi kompyuterim kelmayapdi.Bu esa meni juda tashvishga,stressga tushishimga imkoniyat yaratib berdi.Ikki kundan keyin yangi kompyuterim kelishini bilsamda lekin qayg'udaman.Chunki miyamdagi va hayolarimdagi soham bo'yicha kelgan fikr,g'oyalarni hayotga tadbiq eta olmayabman.

Oldinlari esa boshqacha edi.Gap 2016-2021 yillar haqida ketyapdi.Kompyuter bor lekin kuchsiz biron ishni berilib qilib bo'lmaydi.Hayolda esa faqat o'yin,kino va shunga o'xshash bemani narsalar.Internet esa jon-u dilim.Bir necha kun internet ishlamadi o'zimni miyasiz qolgandek his qildim.Lekin chidadim hozir ham jiday olaman deb o'ylayman.Chunki virtual olamdan meni himoya vositasida taminlovchi kitoblarim mavjud.

Shuncha narsani yozishdan maqsad nima deyishingiz mumkin.Asosiy maqsad zamon emas odamlar o'zgarishi tushunib yetganimni kelajakdagi o'zimga oshkora qilmoqchiman.

@xursandov_a_blog