Get Mystery Box with random crypto!

Xursandov Adhamjon / own opinion,blog,bookblog

Telegram kanalining logotibi xursandov_a_blog — Xursandov Adhamjon / own opinion,blog,bookblog X
Telegram kanalining logotibi xursandov_a_blog — Xursandov Adhamjon / own opinion,blog,bookblog
Kanal manzili: @xursandov_a_blog
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar

2023-05-24 17:10:11 Shunga erishsam baxtli bo'laman.

Ishga kirishdan oldin,ishga kirsam bemalol bo'laman,xotirjam bo'laman.

O'qishga kirsam mazza qilaman.Hamma xohlagan ishlarimni qilaman.

Toshkentga borsam erkin bo'laman.Sport bilan shug'ulanaman.Vaqtimni bekor o'tkazmayman.

Shu oxirgisi, oxirgi shu videoni ko'rib olay keyin dars qilaman.

U qilamam,bu qilaman.Uni xohlayman buni xohlayman.Unaqa vaziyat bo'lsa buni qilaman,bunaqa vaziyat bo'lsa uni qilaman.

Ha hozirda mendagi vaziyat,Buni qanchalik no'tog'ni ekanligini bilib turibman.Lekin na iloj kvartiradagi holat.Halaqit berishlar.Bekorga asabiylashishlar.Hammasi energiyani tortib qoyarkan.

Endi biz alohida bo'lishimiz kerak.Hozir ilojim sal kamroq.Lekin kelajakda ko'ramiz.

Keyinchalik o'qigan paytim ahvolim qanday bo'larkin a?

@xursandov_a_blog
3 views14:10
Ochish/sharhlash
2023-05-21 07:40:30 Bazida shunaqa vaziyatlar bo’ladiki,nimanidir qilishga shunchaki motivatsiya bo’lmaydi.O’shanda asosan motivatsiyani to’g’ri beradigan video blogerlarni kuzatishni yaxshi ko’raman.

Toshkentga kelishdan oldin reja qilgandim.U bo’yicha har kuni 5-6 soat shug’ulanishim o’qish bilan,sport bilan ham har kuni shug’ulanishim kerak edi.

Lekin inson ekanmi, barbir xato qilamiz.Menda ham shunaqa bo’ldi.Ammo xatolarimni yosh bo’gan holatimda ko’pini tushunib yetyapman.Alhamdulillah.

Buyog’iga reja aniq.Albatta Alloh irodasi bilan.Xudo xohlasa keyingi 6-7 oylarda o’zim istagan natijaga erishaman degan umiddaman.Inshoolloh.

@xursandov_a_blog
4 views04:40
Ochish/sharhlash
2022-12-26 12:41:07 O'zingni aldama!

Ko'chalarda,avtobuslarda yurgan payting o'zingni mag'rur xuddiki qizlar bilan ishi yoqdek tutasan.

Lekin aslida unaqa emasligini ikkimiz ham bilamiz.

Har doim o'zingni xuddi taqvodordek tutasan.
Ertalablari namoz o'qiyapman deb o'tirib chiqasan.

Nega unaqasan.

Odamlar uchun yashamayapman deysanu,aslida o'zingni ko'rsatishga harakat qilasan.

Muammo tug'ilib qolsa, darrov Allohni eslaysan.

Aslida juda yomon odamsan buni o'zing yaxshi bilasan.

Katta ehtimol bilan agar nasib qilgan bo'lsa shularni o'qib o'tiribsan.

Va yana kibrga berilyapsan.

Qachon odam bo'lasan-a?

@xursandov_a_blog
3 views09:41
Ochish/sharhlash
2022-12-26 08:14:13 Yaxshi hodim bo'ldimi?

O'zimga har doim beradigan savolarimdan biri.Har doim qaysidir ishni bitirganda kimdir ayb topib bekor qilishini yoqtirmayman.
Bu bor gap.Lekin insonlarni menga feedback berishlarini xoxlayman.

Iye qanaqasiga deyishing mumkin.Shunaqasigaki qachonki o'z sohasini mutaxasislari bu ishni qilsa dilga xush yoqadi.
Lekin Graphic designer lik sohasida hech vaqoni bilmaydigan odamdan buni eshitsang ensang qotadi.

Mani 2 oydirki o'z xojayinimdan eshitgan feedback ham ushbu 2 chi masalaga oitdir.
Bu meni cho'ktirdi buni sezdim.Sezdimu lekin hech nima qilolmadim.
Chunki hayolimda faqat ish edi.Ishga kelsam uyni, uyga borsam ishni o'yaydigan bo'lib qoldim.
Buni o'zim ham sezdim.Yomonligini ham bildim.Va yakuniy qarorga keldim.(Bu haqida keyingi postimda yozaman).

Endi esa ketaman degan paytimda atrofimdagilarni menga bo'lgan reaksiyasi haqida gapirsam.

Birinchi navbatda ancha sirdosh bo'lib qolgan G ismli opa haqida.U kishi ozgina hafa bo'ldilar,lekin mendan ko'ra muximroq ularni fikrini eshitadigan odamlar bo'lganligi uchun u kishiga unchalik ta'sir qilmadi.
Chunki hayotlarida asosiy inson emas edim.Va bunaqa bo'lishga ham intilmaganman.Agar kimdirga yoqishga harakat qilsam, albatta o'sha inson meni yoqtirmaydi.Hayotdagi tajribadan o'tgan.
Xullas ketayotganim u kishiga ham menga ham judayam qo'l keldi.Erkak "kishi" man tushungan bo'lishlaring kerak.

Ikkinchisi xo'jayinim D ismli inson.U kishiga ketishimni aytganimda keyin menga bo'lgan reaksiyalarini ko'rib yaxshi hodim bo'lganligimni angladim.
Buning sabablari ketaman deganimda har xil savollar beraverdilar.Nima uchun,qayerga,kim bilan degan savollar qabilida.Meni "tupikka" gacha obormoqchi bo'ldilar,lekin bunga yo'l qo'ymadim.
(Bu haqida ham keyin postimda yozaman). Har ko'rganlarida menga ketishing aniqmi,ketyapsizlarmi deb savollar beradilar,har safar ketishim haqida hazil qiladilar,buni sezim turaman.
Menimcha yaxshi hodim bo'lishimning sabablari ko'pdir.Eng asosiysi yaxshi muomila egasiman.Odamlar bilan kelisha olaman.Ikkinchisi texnologiyalarni yaxshi tushunaman.
Uchinchisi 3-4 kishi qiladigan ishni bemalol qila olaman.To'rtinchisi hamma ishlarimni aniq tafsilotlarini beraman.Beshinchisi hech qachon ularni pullariga xiyonat qilmayman(shu paytgacha qilmadim ham).
Yana sanasak ko'p sabablari kelib chiqar yana bilmadim.Lekin ma'suliyatli hodim bo'ldim deb o'ylayman.

@xursandov_a_blog
3 viewsedited  05:14
Ochish/sharhlash
2022-10-24 15:26:49 Fikrlar jamlanmasi:

Fikr o'zi nima.Insonga ilohiy ne'mat qilib berilgan mavhum narsadir.
Yani uni ushlashni,ko'rishni,hidlashni,yeyishni,eshitishni iloji yoq.

Shunda savol tug'iladi. Unda fikr mavjudmi.

Oddiy so'z bilan javob bersak bu - HA bo'ladi.
Chunki hozir o'qiyotgan narsalaringgizni ham o'z fikrimga tayanim yozdim.

Va siz ham o'z fikringiz doirasida bu teksni o'qiyapsiz.

Hop fikr nimaligini tushunib oldik.Endi buni hayotimizga nima ta'siri bor dersiz.
Ta'siri juda katta.Misol uchun siz hozir ushbu kanaldagi bir teksni o'qiyapsiz.
Demak hozirda fikr doirangiz keng chunki shu yerigacha erinmay o'qidingizmi demak bu yaxshi.

Fikrlaydigan insonlar 2 xil bo'lishadi.
1)Keng fikrlaydiganlar.
2)Tor fikrlaydigan.

Bularni oddiy tushuntirsak keng fikrlaydigan uzoqni ko'ra olish qobiyati kuchliroq bo'ladi.
Har xil fikrlarni 2-3 martadan o'ylaydi.Jamiyat qobig'ida emas,o'z dunyosida yashaydi.
Jamiyatga bergan eng katta yordamim bu o;zimni yaxshi tutish deb hisoblaydi.

Har xil narsalarni burnini suqmaydi(ya'ni o'zi tushunmagan sohasiga o'rganmagan sohasi ortidan bilimdonlik qilmaydi)
Va bunday insonlar hozirda jamiyatimizda juda kamdir.
Ularni aniqlashni eng oson yo'li shuki.Ular faqat boshqalar haqida gapirishadi.
O'zlari ko'chada pista chaqib o'tirib boshqalarni g'iybat qilishadi.
O'zlarini xuddi farishtadek his qilishadi va shunday tutishadi.
Va ular aytgan biron bir faktni xatoligini isbotlab bersangiz ham tan olishmaydi.
Chunki ular o'zlaring emas boshqalarning ayblarini yaxshi bilishadi.

Bunday insonlarni dunyo qarashi,fikrlashi juda qiziq.
Agar siz keng fikrlaydigan inson bo'lsangiz.Ularning gaplari qanchayin be'mani ekanligini darxol fahmlarysiz.

Endi savol tug'iladi. KENG fikrlaydigan inson bo'lishim uchun nima qilishim kerak.
O'zimdan kelib chiqib 3 maslahat beraman.

1) Kitob o'qing.
Qancha ko'p kitob o'qisangiz o'zingizni ayblaringgizni aniqlaysiz va ularga katta ehtimol bilan javoblarni kitoblardan olasiz.
Keng fikrlash uchun ilmiy-ommabob kitoblarni,hozirda trendda yurgan kitoblarni o'qish shart emas ularga ham yetib borasiz.
Hozirda eng avvalo o'zingiz qiziqqan janrdagi kitoblarni o'qishdan boshlang.Qolgani o'zidan o'zi amalga oshadi.
2)Ingliz tilini o'rganing.
Til bu bitta madaniyat demakdir.Hozirda dunyodagi eng badavlat,insonga munosabat,fikr doirasi,madaniyat,ijtimoiy hayot kechirish bo'yicha inglizlar aniqrog'i Yevropa davlarlari yetakchilik qiladi.
Siz shunchaki til o'rganing va keyin korasiz oldingizdagi katta tog' qanday qilib kichik bir toshga aylanib qolganini.Til o'rganing va ko'proq o'qing.
3)Qariyalar bilan ko'proq muloqot qiling.
"Qari bilganini - pari bilmas" deb bekorga aytishmagan.Chunki qariyalarni hayot chig'iridan o'rkazgandir.Ularni maslahatlari oltinga tengdir.To'g'ri savodli emasdir,o'qimagandir lekin hayot ularni shunday
o'qitganki bu o'qishni inson faqat boshidan o'rkazib korsagina anglaydi.Lekin ularni gaplarini quloqlaringizga quyib olsangiz shuncha yillar bosishingiz shart emas.Shunchaki ularga quloq soling
chunki ular sizdan kora ancha tajribaliroqdirlar.

@xursandov_a_blog
8 views12:26
Ochish/sharhlash
2022-10-06 07:57:43 Ayni vaqtda Daronbek Tojialiyevning - "Kitob haiqda Kitob" deb nomlangan kitoblarini o'qib bo'ldim.Kitob ajoyib yozilgan ulkan ma'lumotlar kiritlgan lekin kitob atiga 238-sahifadan iboratdir.

Kitobni o'qigan odam tushunadiki kitob yillar davomida sayqalanib ajoyib tarzda yozilgan.Kitob o'zi nima degan savolga o'zim bilganlarimdan tashqari javob oldim.

O'zim ma'lum bir sohalarda havas qiladigan odamlarning kitoblar haqidagi fikrlari menga yoqdi.Ayniqda O'zbekistondagi ziyolilar qatlami qaysi kitoblarni o'qishadi va u kitoblar boshqa kitoblarga qaraganda
nima bilan qadrli ekan degan savollarga javob topdik.

Ayniqda kitobda keltirilgan ilmiy tatqiqotlar,malumotlar va dunyo hamjamiyati tomonidan e'tirof etilgan kitoblar ro'yhati menga judayam ma'zur bo'ldi.
Ayniqsa xalqimizning eng maqtovga sazovor kishilarning kitoblari ko'p o'qilishi meni xursand qildi.

Davronbek akadan kelajakda ham shunday ilmga boy faktlar asosida yozilgan kitoblarni kutib qolamiz.

(kitobni hozir tugatdim va taqriz yozayapman.Keyingi o'qigan kitoblarimga ham taqriz yozishga harakat qilaman.Aytgancha kitobni 3 kunda o'qib tugatdim.)

@xursandov_a_blog
11 views04:57
Ochish/sharhlash
2022-09-28 09:47:44 1-Universitetga borishdan oldingi fikrlar (subyektiv)

1.Universitetga borish 1 kun oldin boshlandi.Yani uxlashdan oldingi hayollar.
2.Ertaga boraman o'z tassavur qilganimdan kora boshqacharoq bo'ladi.
3.Kiraman ko'raman aylanaman vaqtimni tejash uchun kutubxona qidiraman.
4.Kutubxonada esa ajoyib u g'aroyib kamyob kitoblar bo'ladi.
5.Ustozlar bilan tanishaman ajoyib ochilish bo'ladi.
6.Yangi dos'tlar ortiraman(garchi sirtqi ta'lim talabasi bo'lsamda).
7.Universitet binosi maktabnikidan farq qilsinda deb hayol qilaman.
8.Hujjatlarni tez bitirib ishga boraman

2-Universitetga borishdan oldingi fikrlar (obyektiv)

1.Maktabdan umuman farqi yoq.Faqat yoshimiz ulg'aygan va katta binodamiz.
2.Hayollarga berilma xuddi maktabga borgandek bo'lasan.
3.Universitet muhiti haqiqa o'ylaganlaring puchga chiqadi.
4.Kutubxona yopiq bo'ladi katta ehtimol bilan.
5.Ustozlarni topish o'zi bir qiyin jarayon.Omading kelib qolishi mumkin faqat.
6.Hozircha hic kim bilan tanishmiysan faqat yurasan angrayib.
7.Osha tizim osha odamlar faqat sening yoshing katta.
8.Hujjatlar deb sarson bo'lasan

Endi esa nimalar yuz berdi nimalar esa yoq.

O'sha uyqu o'sha dam hech qanday emotsiya yoq.
Katta binosi judayam ajoyib katta chiroyli qilib qurilgan.
Aylandim faqat 1-chi (yangi) binosidan 2-chi (eski) binosigacha 15 minutlik ko'cha aylanish.
Hech qanday ustoz degan narsani ko'rmadim faqat tadbir tomosha qildim.
Bitta bola bilan tanishdim bu esa yaxshi foydali bo'ldi.
Ichki muhitni hisobga olsam maktabdan farqi umuman yoq faqat boshqa odamlar va boshqa bino.
Kutubxona yopib qoyilgan ichkariga nazar tashlashni ham imkoni yoq.

Demak bu universitetni birinchi kunidagi holat va yana qoravulning qo'pol muomilasi.
Kutganimdek emas.Chunki hech narsa kutmagandim.Atrofimdagilarni va kuzatadigan insonlarim
fikri bilan universitetga kirdim.Hozircha esa ular aytgan fikrlar yani obyektiv fikrlar to'g'ri chiqyapdi.
Ha mayli sabr qilamiz.Pulini to'lab diplom olish mazza bo'lar ekan.

@xursandov_a_blog
10 views06:47
Ochish/sharhlash
2022-06-27 15:37:40 Turar ikki oshiq oy shulasida
Birida qog'ozdir,birida qalam
Ular yozardilar o'z hayotlarin
Bir-biriga qarar chashmai misol

Etar isxor sevgin bir-birlariga
Lek yoqdir iloj yaqinlashishni
Chunki bordir orada,cheksiz bir poyon
Ular kutardilar o'z vaqtlarini

Lek bilardilar kelmas u damlar
Eh deyishdi ular bir varakayga
Oh tortishdi birdan ish og'ushidan
Dedilar mayli, bir kam dunyodir

Sen men bilan bo'lma bor o'sha yoqqa
Chunki nasib etgan sen emas menga

#sevgi

@xursandov_a_blog
13 viewsedited  12:37
Ochish/sharhlash
2022-06-14 06:36:31 Xop demak!!! - 2.

Hozir ishga kirdim deyarli 2 hafta bo'lyapdi.Ishlash grafigim 6/1
8:00 dan 18:00 gacha maoshim esa 2 ml.Menimcha hali uylanmagan bola uchun yetarli.Axir eng asosiysi halol yo'l bilan pul topib o'zimni boqyapmanku
shunaqami.

1.Ish vaqtida ishdan tashqari boshqa narsalar bilan ham shug'ulana olaman.

2.Ishim judayam oson.Jismoniy meas aqliy mehnat talab qiladi.Ko'p o'ylayman miyam ham og'ir hayollarga ko'nikadi.

3.O'zimga yoqadi.

4.Lekin juma namoziga bora olmas ekanman.Chunki hozir men ketsam men bilan 3-4 ta bola qo'shilib ketarkan.Ular 2-3 soat ketarkan.
Va bu yerda zakazlar qob ketarkan.Shunchun iloji yoq ekan.

5.Lekin 5 mahal namozni to'kis ado etishga imkoniyatim bor.

6.Salqin joyda o'tiraman, qishda esa issiq.

Xullas hozircha komfort zonadaman Alhamdulillah.

@xursandov_a_blog
14 viewsedited  03:36
Ochish/sharhlash
2022-06-02 06:14:44 Xop demak!!!

Hozir ishga kirish jarayonidaman.Agar ishga kirvolsam ishdan tashqari yana bazi bir rejalarim bor.Ya'ni:

1.Eng avvalo ona tilini va adabiyotni yaxshilab o'rganish.

2.Matematikani SAT imtihonidan o'tish uchun o'rganish.

3.Ingliz va Rus tillarini mukammal o'rganish.Agar imkon bo'lsa Turk va Arab tillarini ham.

4.2023 yilda Chet elga grand asosida o'qishga kirish.

5.Dadamga boshina olib berish.
Iloji bo'lsa Malibu Turbo.

Agar hozir ish soatim aniq bo'lsa,
maoshim aniq bo'lsa keyin shu narsalarga vaqt ajrata olaman.

Va shu bilan birga shu narsalarga erishishim uchun nima qilishim kerak hozirgi aqlim bilan.

Ko'proq o'qish o'rganish.Hozirgi ishimga masuliyatli bo'lish va Sababini qilib Qolganini Allohga tavvakul qilishim kerak bori shu.

@xursandov_a_blog
13 viewsedited  03:14
Ochish/sharhlash