Get Mystery Box with random crypto!

Yod moddasi organizm uchun kerak bo'lgan qalqonsimon bez ishla | 🍼XOMILADORLIK BAHTI😍

Yod moddasi organizm uchun kerak bo'lgan qalqonsimon bez ishlab chiqaruvchi gormondir. Uning yetishmoqvchiligi salomatlikka zarar yetkazadi. O'zbekistonda ayollar orasida yod yetishmovchiligi keng tarqalgan holat.

 

Nega yod moddasini homiladorlik davrida qo'shimcha ravishda qabul qilish kerak?

Homiladorlik davrida yodga bo'lgan ayolning ehtiyoji 2 barobariga ortadi. Organizmning o'sishi va rivojlanishi, to'qimalarning paydo bo'lishi, modda almashinuvi, immun va reproduktiv tizimning shakklanishi, aql rivojlanishi qalqonsimon bezi tomonidan ishlab chiqariladigan yod moddasiga ega gormonlarga keskin bo'gliqdir. Yodning yetishmovchiligi, o'z-o'zidan yuqoridagi jarayonlarning buzulishida namoyon bo'ladi.

Homilador ayol organizmida yod yetishmovchiligi kuzatilsa, ham ona va homilaga zarar yetishi mumkin.

Yod yetishmovchiligi homilada qiyidagi muammolarni keltirib chiqaradi:

Surunkali gipoksiya (kislorod yetishmovchiligi);Bosh miyasining rivojlanishida anomaliyalar: gidrosefaliya, mikrosefaliya;Tug'ma gipoterioz, tireotoksikoz;Jismoniy rivojlanishda ortda qolish, pakanalik;Aqliy rivojlanishning pastligi.

Organizmida yod tanqisligi jiddiy holda bo'lgan ayol homilador bo'lib qolsa, yuqoridagi muammolar homila rivojlanishining ilk davridayoq yuzaga kelishi mumkin.Shuning uchun homiladorlikni rejalashtirayotgan va bepushtlikdan davolangan ayol qo'shimcha ravishda yod moddasini kerakli dozada iste'mol qilishi zarur.

Homilador ayolda yod tanqisligi quyidagicha namoyon bo'ladi:Qalqonsimon bezining kattalashishi;

Bepushtlikdan davolovchi ba'zi dori vositalari organizmda yod pasayishiga sababchi bo'ladi.

Homilador ayol organizmiga qancha yod kerak?

Halqaro salomatlik tashkilotiga muvofiq organizmga kunda 60-80mkg miqdorida yod talab etiladi.

O'zbekiston miqyosida yod tanqisligini inobatga olgan holda, homiladorlikni rejalashtirayotgan va homilador ayollar yod moddasini dozasini shifokor bilan maslahatlashib olgan holda, qo'shimcha ravishda qabul qilishi talab etiladi.  

Yod moddasini qachon va qay shaklda qabul qilgan yaxshi?

Yod moddasini ovqat payti qabul qilish maqsadga muvofiq bo'ladi. Tarkibida yod moddasi bo'lgan vitaminlar juda ko'p. Qay biri aynan sizga mos ekanligini shifokor bilan maslahatlashgan holda bilib olish zarur. 

Undan tashqari dengiz balig'i, shirin qalampir va xurmo ham yod moddasiga boy hisoblanadilar.  

@Homiladorlikbahti