Get Mystery Box with random crypto!

🍼XOMILADORLIK BAHTI😍

Telegram kanalining logotibi xomiladorlikbahti — 🍼XOMILADORLIK BAHTI😍 X
Telegram kanalining logotibi xomiladorlikbahti — 🍼XOMILADORLIK BAHTI😍
Kanal manzili: @xomiladorlikbahti
Toifalar: Sport
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 474
Kanalning ta’rifi

🍃🌸Assalomu alekum azizlarim xush kebsizlar marhamat foydali maslahatlarimz sizlar uchun bizdan uzoqlashmang😘 🌸🍃👇🏻👇🏻
#XOMILADORLI_SIRLARI 🤰
#ERXOTIN_MUNOSABATLARI
#xaqida_bilib_olamiz
#Admin_bilan_boglanish 👉🤙 @gordieneplachut

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2021-02-01 11:47:27 Sovchilik gruppasi kirvolila
1.2K views08:47
Ochish/sharhlash
2021-02-01 11:47:03 ФАКАТ АЁЛЛАР ГРУППАСИ
ФАКАТ АЁЛЛАР УЧУН ЭРКАКЛАР КИРМАСИН СПАМ БУ́ЛАДИ
https://t.me/adresla
1.2K views08:47
Ochish/sharhlash
2021-01-13 02:24:37 Homilador bo‘lishni rejalashtirar ekan, har bir bo‘lg‘usi ona homiladorlikning akusherlik va embrional muddati o‘rtasidagi farq to‘g‘risida, ayol organizmining urug‘lanishga tayyorlanishi haqida oldindan bilib qo‘ysa hamda bolani qorinda ko‘tarib yurish vaqtida nimalardan voz kechish, nimalardan ehtiyot bo‘lish va o‘zining hamda tug‘ilajak farzandining salomatligini qanday qilib mustahkamlash kerakligini yaxshilab bilib olsa yomon bo‘lmaydi.

Homiladorlikning 1-haftasi deganda nimani tushunish kerak?

Akusherlik sohasida homiladorlikning muddatini oxirgi hayz ko‘rilgan kundan boshlab hisoblash odat tusiga kirgan. Ovulyatsiya boshlangan aniq kunni, tegishli ravishda, homilador bo‘lganlik sanasini aniqlash o‘ta mushkul bo‘lganligi sababli shunday hisoblash turi qabul qilingan. Agar homiladorlik muddati “akusherlik” uslubiga tayangan holda hisoblanadigan bo‘lsa, birinchi haftada hali hech qanday homilaning mavjud bo‘lishi mumkin emas, shunday ekan, birinchi haftaning ichida homiladorlikni aniqlab bo‘lmaydi.

Aslida ayol kishida ovulyatsiya siklning 12-14-kunlarida boshlanishi kerak: yetilib turgan tuxumhujayra urug‘lanishga tayyorlangan holda follikuladan chiqadi. Lekin amalda barchasi biroz boshqacharoq yuz berishi mumkin. Ovulyatsiya har bir ayol kishi organizmining o‘ziga xos xususiyatlaridan va siklning davomiyligidan kelib chiqib, siklning 7-8-kunlarida ham, 20-21-kunlarida ham sodir bo‘lishi mumkin. Shu tariqa, homiladorlikning birinchi haftasi butun qirq haftalik muddatning ichida eng sir-sinoatli va hatto yolg‘ondakam sezgilarga boy davr hisoblanadi, chunki uni akusher-ginekologlar faqatgina nazariy jihatdan hisob-kitob qiladilar.

Homiladorlikning birinchi haftasida nimalar yuz beradi

Taajjublanarli, lekin urug‘lanish jarayoniga tayyorgarlik va homiladorlikning kelgusi rivojlanishi tuxumhujayraning shakllanish bosqichidayoq boshlanadi: ayolning gormonal holati, uning asab tizimi o‘zgarishi va boshqa ko‘p narsalar – bularning barchasi har oyda har bir sikl davomida sodir bo‘lib boraveradi.

Homiladorlik boshlanishining birinchi haftasi turlicha hisoblanishi hech kimga sir emas. Bu narsa homiladorlikni “hisoblash nuqtasi” sifatida nimadan kelib chiqilishiga bog‘liq. Agar akusherlik muddatlaridan kelib chiqib hisoblanadigan bo‘lsa, birinchi hafta oxirgi hayz ko‘rilgan kundan boshlanadi, “haqiqatdagisi” (UZIga natijalariga ko‘ra aynan uni sizga aytishligi mumkin) bo‘yida bo‘lgan kundan boshlab hisoblanadi.

1-haftadagi homiladorlikning belgilari

Aslida, “akusherlik” homiladorligining dastlabki ikki haftasi sirli tarzda o‘tadi. Bunda hatto bo‘lg‘usi onaning o‘zi ham uning tuxumhujayrasi urug‘lanishini bilmaydi. Ana shuning uchun ham homiladorlik belgilari albatta mavjud bo‘lmaydi. Homiladorlikning birinchi haftasida ko‘ngil aynish yoki sut bezlarining bo‘rtib qolishi, tabiiyki, sezilmaydi.

Birinchi hafta juda muhim, hatto hal qiluvchi palla hisoblanadi. Ko‘pincha homilaning kelgusidagi rivoji, hatto embrionning bachadonda mustahkam qaror topishi aynan shu pallaga bog‘liq.

Ertalabki ko‘ngil aynib behuzur bo‘lish, ovqat hidi yoki kechagina o‘ziga xush yoqqan atir-upa hidining badbo‘y bo‘lib tuyulishi haqida gapirishga hali erta. Lekin homiladorlikning birinchi haftasida turli ajralmalar chiqishi mumkin, bundan xavotirga tushmaslik kerak – bu xavfli emas va tabiiy holdir. Homiladorlikning birinchi haftasida ayolning qonidagi OXG darajasi unchalik katta bo‘lmaydi. Siz biror-bir o‘zgarishlarni umuman sezmasligingiz ham mumkin. Bu ham tabiiy holat.

Homiladorlik testi, albatta, salbiy natijani ko‘rsatadi. Agar siz soppa-sog‘ bo‘lsangiz va gormonlar bilan muammoingiz bo‘lmasa, natija aynan shunday chiqishi tabiiy. Rangi oqish, zo‘rg‘a ko‘rinadigan ikkinchi chiziq unda 10-12 kunlardan keyingina yuzaga chiqadi.

Homiladorlikning 1-haftasidagi sezgilar

Birinchi akusherlik haftasida homiladorlikning mavjudligi ayol uchun sirli bo‘lib qoladi. U o‘zining tuxumhujayrasi urug‘langanligini hatto taxmin ham qilmasligi mumkin.
@Homiladorlikbahti
14.0K views23:24
Ochish/sharhlash
2021-01-13 02:24:37 Yod moddasi organizm uchun kerak bo'lgan qalqonsimon bez ishlab chiqaruvchi gormondir. Uning yetishmoqvchiligi salomatlikka zarar yetkazadi. O'zbekistonda ayollar orasida yod yetishmovchiligi keng tarqalgan holat.

 

Nega yod moddasini homiladorlik davrida qo'shimcha ravishda qabul qilish kerak?

Homiladorlik davrida yodga bo'lgan ayolning ehtiyoji 2 barobariga ortadi. Organizmning o'sishi va rivojlanishi, to'qimalarning paydo bo'lishi, modda almashinuvi, immun va reproduktiv tizimning shakklanishi, aql rivojlanishi qalqonsimon bezi tomonidan ishlab chiqariladigan yod moddasiga ega gormonlarga keskin bo'gliqdir. Yodning yetishmovchiligi, o'z-o'zidan yuqoridagi jarayonlarning buzulishida namoyon bo'ladi.

Homilador ayol organizmida yod yetishmovchiligi kuzatilsa, ham ona va homilaga zarar yetishi mumkin.

Yod yetishmovchiligi homilada qiyidagi muammolarni keltirib chiqaradi:

Surunkali gipoksiya (kislorod yetishmovchiligi);Bosh miyasining rivojlanishida anomaliyalar: gidrosefaliya, mikrosefaliya;Tug'ma gipoterioz, tireotoksikoz;Jismoniy rivojlanishda ortda qolish, pakanalik;Aqliy rivojlanishning pastligi.

Organizmida yod tanqisligi jiddiy holda bo'lgan ayol homilador bo'lib qolsa, yuqoridagi muammolar homila rivojlanishining ilk davridayoq yuzaga kelishi mumkin.Shuning uchun homiladorlikni rejalashtirayotgan va bepushtlikdan davolangan ayol qo'shimcha ravishda yod moddasini kerakli dozada iste'mol qilishi zarur.

Homilador ayolda yod tanqisligi quyidagicha namoyon bo'ladi:Qalqonsimon bezining kattalashishi;

Bepushtlikdan davolovchi ba'zi dori vositalari organizmda yod pasayishiga sababchi bo'ladi.

Homilador ayol organizmiga qancha yod kerak?

Halqaro salomatlik tashkilotiga muvofiq organizmga kunda 60-80mkg miqdorida yod talab etiladi.

O'zbekiston miqyosida yod tanqisligini inobatga olgan holda, homiladorlikni rejalashtirayotgan va homilador ayollar yod moddasini dozasini shifokor bilan maslahatlashib olgan holda, qo'shimcha ravishda qabul qilishi talab etiladi.  

Yod moddasini qachon va qay shaklda qabul qilgan yaxshi?

Yod moddasini ovqat payti qabul qilish maqsadga muvofiq bo'ladi. Tarkibida yod moddasi bo'lgan vitaminlar juda ko'p. Qay biri aynan sizga mos ekanligini shifokor bilan maslahatlashgan holda bilib olish zarur. 

Undan tashqari dengiz balig'i, shirin qalampir va xurmo ham yod moddasiga boy hisoblanadilar.  

@Homiladorlikbahti
11.5K views23:24
Ochish/sharhlash
2021-01-13 02:24:37 Homiladorlikda tomir tortishishi

Homilador ayolda oyoq yoki qo'l tomirlarining tortishib qolishi to'satdan yuz beradi. Ayniqsa dam olish payti, uyquda bunday holat soni ko'payishi mumkin.

Homiladorlik paytida tomir tortishish sabablari turlicha bo'lib, ularning asosiylari

1. Ayol organizmida kalsiy, kaliy, magniy va vitamin B6 mikroelementlarning yetishmasligi;

Bunga quyidagilar sabab bo'lishi mumkin:

Homiladorlikning dastlabki davridagi kuchli toksikoz, bunda ayol ko'p qayt qilib kerakli mikroelementlarni keraklicha hazm qilmaydi.Homilaning mikroelementlarga bo'lgan ehtiyojini kuchayishi (odatda homiladorlik davrining o'rta qismida namoyon bo'ladi).Siydik keltiruvchi dori va suyuqliklarni vrach nazoratisiz ko'p iste'mol qilish.Noto'g'ri ovqatlanish natijasidaayol organizmiga kerakli moddalar yetarlicha tushmaydi.

2. Qonda gemoglobin moddasi darajasi keskin pasayib ketishi (anemiya);

3. Qondagi shakar miqdorining buzilishi, ko'pincha homilador ayolning ovqatlanish tizimi buzilib, katta vaqt oralig'ida birdaniga ko'p yeb olish yoki shirinliklarni ovqat o'rniga yeb yurish sabab bo'lishi mumkin;

4. Oyoqda tomirlarning varikoz kengayshi, bu ayniqsa oyoqlarga katta og'irlik tushayotganda kuzatiladi;

5. Kofeinga boy suyuqliklarni iste'mol qilish (koka-kola, fanta, sprite, kofe va boshqalar). Kofein moddasi mushaklarni suvsizlantirib tomirlarni tortishiga olib kelishi mumkin;

6. Bachadonning tomir bosishi. Bunda kattalashgan bachadon asosiy tomirni bosib, oyoqlarda qon aylanish tizimiga xalaqit beradi. Odatda homiladorlikning uchinchi trimestrida ayol belida yotganda namoyon bo'ladi.

Tomir tortishib qolsa nima qilsa bo'ladi:

- tomir tortishayotgan oyoq barmoqlarini asta-sekin o'zingizga tortib, yana asta sekinlik bilan o'z holiga qaytaring;
- tomir tortishayotgan joyni asta qizitish maqsadida ishqalang;
- qon aylanish tizimini o'z holiga qaytarish uchun xonada bir qancha yuring;
- tomir tortishi qaytarilmasligi uchun oyoqlaringizni balandroqqa ko'tarib (yostiq ustiga qo'yib) yoting.

Homiladorlik davrida tomir tortishishining oldini olish va davolash:

Tomir tortishi bu alohida kasallik bo'lmay, organizmda ma'lum bir nosozlik bor ekanligi alomatidir. Shuning uchun homilador ayol o'zida tomir tortishishini kuzatsa, darhol vrachga murojaat etishi lozim. Agar tomir tortishishi sababi mikroelementlarning yetishmovchiligida bo'lsa, u holda vrach kerakli vitamin va mikroelementlarni tavsiya qilishi mumkin.

Tomir tortishishining oldini olish maqsadida homilador ayol non, makaron, grechka, ovsyanka, qatiq mahsulotlari, pishloq, baliq, yog'siz go'sht, meva va sabzavotlardan iste'mol qilishi lozim. Qondagi shakar miqdorini normada ushlab turish uchun tez-tez oz-ozdan ovqatlanish lozim.

Undan tashqari:Balandligi besh sm dan oshmagan oyoq kiyimida yuring;Tomirlarning varikoz kengayishi mavjud bo'lgan hollarda tomirlarni ushlab turuvchi maxsus kolgotka yoki paypoqlarni kiyib yuring;Homiladorlikning uchinchi trimestridan boshlab iloji boricha chap yoningizda yoting yoki o'n tomon dumg'azangiz tagiga yostiq qo'yib yoting;Oyoqlarga uzoq vaqt og'irlik tushmasligini ta'minlang. Agar tikka turish zarur bo'lib qolsa, u holda oyoqlaringizga dam beruvchi mashg'ulotlarni qilib turing (oyoq uchiga turish, o'z holiga qaytish, bir necha marta).Dam olayotganingizda oyoqlaringizni biroz ko'tarilib turgan holda (yostiq, adyol ustida) ushlang.

@XomiladorlikBahti
10.4K views23:24
Ochish/sharhlash
2020-12-16 15:19:22
Култик ости терлаши ва бабдуй хидлардан халос булишни турли.


https://telegram.me/Xomiladorlikbahti
19.6K viewsedited  12:19
Ochish/sharhlash
2020-12-16 15:18:49
ЖУДА РАШКЧИ ЭРНИ КУНГЛИНИ ТОПИШНИ БИЛАСИЗМИ

https://telegram.me/Xomiladorlikbahti
18.7K viewsedited  12:18
Ochish/sharhlash
2020-12-16 15:18:23
НЕЧТА БИЛАН ЁТГАННИ ТЕКШИРУВДА БИЛИШ

https://telegram.me/Xomiladorlikbahti
17.7K viewsedited  12:18
Ochish/sharhlash
2020-12-16 15:17:50
Uy sharoitida DEPILYATSA kremini tayyorlash..

https://telegram.me/Xomiladorlikbahti
17.0K viewsedited  12:17
Ochish/sharhlash
2020-12-16 15:17:17
МАНА ИМБИР БИЛАН ХОМИЛАДОР БУЛИШ

https://telegram.me/Xomiladorlikbahti
16.7K viewsedited  12:17
Ochish/sharhlash