Get Mystery Box with random crypto!

Xalq Banki

Telegram kanalining logotibi xalqbankinfo — Xalq Banki X
Telegram kanalining logotibi xalqbankinfo — Xalq Banki
Kanal manzili: @xalqbankinfo
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 29.69K
Kanalning ta’rifi

Murojaatlar markazi: @xbcallsupport
📞 1106
☎️ 998 71 210 20 02
🌐 www.xb.uz
🌐 instagram.com/xalqbankinfo/

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2023-05-11 16:16:17
Moliyaviy xavfsizligingiz eng birinchi o‘zingizga bog‘liq.

 So‘nggi vaqtlarda virtual firibgarlar ijtimoiy tarmoqlar orqali moliyaviy savodxonligi yetarli bo‘lmagan fuqarolarning ishonchiga kirib ularning bank kartasidagi mablag‘larni “ov”lash holatlari tez-tez kuzatilyapti. 

Unutmang, bank xodimi bank kartangiz bilan bog‘liq ma’lumotlarni so‘ramaydi. 

Agar begonalar sizga bank nomidan xabar yuborsa, ma’lumotlarni bankning rasmiy manbalaridan tekshirib aniqlik kiriting. Firibgarlar aldoviga ishonib peshona teri bilan topgan pulingizni o‘z qo‘lingiz bilan berib yubormang! 

Firibgarlik holatiga duch kelgan bo‘lsangiz:
muammo haqida Xalq bankining 1106 yoki (71) 210 20 02 ishonch raqamlariga murojaat qiling; 
zudlik bilan bank kartangizni bloklang;
huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bering.
  
Bank kartasidan foydalanishdagi xavfsizlik qoidalari bilan shu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Yodda tuting, sizning moliyaviy xavfsizligingiz eng birinchi o‘zingizga bog‘liq.
14.6K views13:16
Ochish/sharhlash
2023-05-10 08:53:11 Xalq banki faoliyatiga 148 yil to‘ldi!

1875-yil 10-may
— aksiyadorlik tijorat Xalq banki faoliyatiga tamal toshi qo‘yilgan kun. Bugun bankimiz tashkil topganiga 148 yil to‘ldi.

Bizga bildirgan ishonchingiz va tanlovingiz uchun rahmat! 

Sana munosabati bilan tarixiy hujjatlarda Xalq banki faoliyatiga doir muhim sanalar solnomasi bilan quyida batafsil tanishishingiz mumkin.

1869-yil — Davlat banki(Gosbank)ning Toshkentdagi filialini ochish bo‘yicha Moliya vazirligining maxsus komissiyasiga taklif kiritildi.

1874-yil 12-dekabr — Turkistonning birinchi general-gubernatori Toshkentdagi filialni ochish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

1875-yil 8-may — Davlat bankining Toshkentdagi filial rahbari filialning rasman ochilish kuni va aholiga ko‘rsatiladigan 8 turdagi bank xizmatlarini ma’lum qilib, Sirdaryo okrugi general-gubernatoriga maktub jo‘natdi.

1875-yil 9-may — Sirdaryo okrugi general-gubernatorligi Davlat bankining filialini tashkil etish uchun bank boshqaruvchisiga Toshkentdan joy ajratilganligini ma’lum qildi.

1875-yil 10-may — Davlat bankining Toshkent filiali (birlamchi jamg‘arma kassalari) rasman ochildi hamda o‘z faoliyatini boshladi.

1993-yil 27-avgust
— O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 430-sonli qarori bilan “O‘zjamg‘armabank”ning Ustavi tasdiqlanib, uning asosiy vazifa va funksiyalari belgilab berildi.

1995-yil 4-oktabr — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zjamg‘armabank”ni O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankiga aylantirish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

2015-yil 24-aprel — O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining PF-4720-sonli Farmoniga muvofiq, Davlat-tijorat Xalq banki nomi “Aksiyadorlik tijorat Xalq banki”ga o‘zgartirildi.

Xalq banki — O‘zbekistonning birinchi banki.
8.7K viewsedited  05:53
Ochish/sharhlash
2023-05-10 08:53:04
7.9K views05:53
Ochish/sharhlash
2023-05-10 07:01:40
Xalq banki filiallarida xorijiy valyuta ayirboshlash kurslari.
————
Курсы обмена валюты в филиалах Xalq banki.

Facebook | Instagram | Youtube | Telegram
8.6K views04:01
Ochish/sharhlash
2023-05-09 06:30:20
Xotira va qadrlash kuni muborak bo'lsin!

Xalq banki II jahon urushi qatnashchilari, mehnat faxriylari va barcha yurtdoshlarimizni 9-may – Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy tabriklaydi.

Bugungi osoyishta kunlarimiz sababchisi bo‘lgan faxriylarimizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr tilaymiz.

Vatan ozodligi, yurt tinchligi yo‘lida mardonovor kurashgan ajdodlarimizning yorqin xotirasi qalblarda mangu yashaydi.
11.2K views03:30
Ochish/sharhlash
2023-05-08 18:20:28
Xalq banki birinchilardan bo‘lib Humo va Uzcard bankomatlarini integratsiyalashni amalga oshirdi!

Xalq bankining integratsiyalashgan Humo va Uzcard bankomatlari test rejimida ishlashni boshladi.
 
Endilikda Xalq bankiga qarashli bankomatlardan Humo va Uzcard bank kartasidagi pullaringizni naqdlashtirishingiz va boshqa xizmatlardan foydalanishingiz mumkin. 

Ma’lumot uchun, Xalq banki bankomatlari soni Respublikamizdagi jami bankomatlarning 35 foizini tashkil etadi.
356.0K viewsedited  15:20
Ochish/sharhlash
2023-05-08 06:59:12
Xalq banki filiallarida xorijiy valyuta ayirboshlash kurslari.
————
Курсы обмена валюты в филиалах Xalq banki.

Facebook | Instagram | Youtube | Telegram
11.3K viewsedited  03:59
Ochish/sharhlash
2023-05-05 06:54:31
Xalq banki filiallarida xorijiy valyuta ayirboshlash kurslari.
————
Курсы обмена валюты в филиалах Xalq banki.

Facebook | Instagram | Youtube | Telegram
18.1K views03:54
Ochish/sharhlash
2023-05-04 15:24:59
Kredit ta’minoti nima va u nega kerak?

Ta'minot - berilgan kredit bo'yicha bank manfaatlarini himoya qilish mexanizmlaridan biri. U asosan mijoz katta miqdordagi kredit olishni xohlasa yoki uning kredit tarixi salbiy bo'lsa so‘raladi.

Agar kredit ta'minotini taqdim etolsangiz, sizning oldingizda quyidagi "imkoniyatlar eshigi" ochilishi mumkin:
kattaroq miqdorda kredit olish;
kredit shartnomasini uzoqroq muddatga rasmiylashtirish;
so’ralgan kredit miqdori tasdiqlanishi ehtimoli yuqoriroq bo’lishi.

Ta'minotga nimalar kiradi?
Ta’minotning barcha shakllarini ikki turga bo'lish mumkin:
asosiy shakllar: garovga qo'yiladigan mol-mulk, jismoniy yoki yuridik shaxsning kafilligi, sug'urta;
qo'shimcha shakllar: bank kafolati, bank depoziti.

Kelgusida moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmaslik uchun barcha majburiyatlarni bajara olishga ishonchingiz komil bo'lsagina, garov bilan ta'minlangan kreditlardan foydalanishni tavsiya qilamiz.
17.2K viewsedited  12:24
Ochish/sharhlash
2023-05-04 06:56:40
Xalq banki filiallarida xorijiy valyuta ayirboshlash kurslari.
————
Курсы обмена валюты в филиалах Xalq banki.

Facebook | Instagram | Youtube | Telegram
14.2K views03:56
Ochish/sharhlash