Get Mystery Box with random crypto!

Xalq Banki

Telegram kanalining logotibi xalqbankinfo — Xalq Banki X
Telegram kanalining logotibi xalqbankinfo — Xalq Banki
Kanal manzili: @xalqbankinfo
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 29.69K
Kanalning ta’rifi

Murojaatlar markazi: @xbcallsupport
📞 1106
☎️ 998 71 210 20 02
🌐 www.xb.uz
🌐 instagram.com/xalqbankinfo/

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2023-05-18 15:18:37 Live stream finished (1 hour)
12:18
Ochish/sharhlash
2023-05-18 14:10:35 Live stream started
11:10
Ochish/sharhlash
2023-05-18 07:23:33 Xalq Banki | Rasmiy kanal pinned a photo
04:23
Ochish/sharhlash
2023-05-18 06:59:21
Xalq banki filiallarida xorijiy valyuta ayirboshlash kurslari.
————
Курсы обмена валюты в филиалах Xalq banki.

Facebook | Instagram | Youtube | Telegram
10.5K views03:59
Ochish/sharhlash
2023-05-17 10:02:51
Xalq bankida onlayn efir!

2023-yilning 1-aprel holatiga Xalq banki tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida 28 970 nafar yuridik va jismoniy shaxslarga jami 616 mlrd. so'm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilgan. Natijada, respublika bo'yicha 30 mingga yaqin yangi ish o'rni tashkil etildi. 

Xalq bankining rasmiy sahifalarida muntazam o'tkaziladigan to'g'ridan-to'g'ri jonli efirning navbatdagi soni aynan "Oilaviy tadbirkorlik davlat dasturi doirasida ajratilayotgan kreditlar" mavzusiga bag'ishlanadi.

18-may soat 16:00da bankning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida bo'lib o'tadigan jonli efirni kuzatib borsangiz, mavzu bilan bog'liq barcha savollarga mutaxassislardan javob olishingiz mumkin.

Erkin formatdagi uchrashuvni o‘tkazib yubormang!

————
Facebook | Instagram | Telegram | Youtube
94.7K viewsedited  07:02
Ochish/sharhlash
2023-05-17 07:29:25
Hurmatli mijozlar! 

Bank dasturiy tizimida texnik profilaktika ishlari olib borilayotganligini ma'lum qilamiz. Shu sababli, bugun bank xizmatlari va aloqa markazi faoliyatida vaqtincha uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz. 

Aloqa markazi bilan online tarzda @xbcallsupport murojaatlar markazi yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali bog‘lanishingiz mumkin.

————
Facebook | Instagram | Telegram
12.6K views04:29
Ochish/sharhlash
2023-05-17 06:48:55
Xalq banki filiallarida xorijiy valyuta ayirboshlash kurslari.
————
Курсы обмена валюты в филиалах Xalq banki.

Facebook | Instagram | Youtube | Telegram
10.9K views03:48
Ochish/sharhlash
2023-05-16 15:32:36 “Yashil texnologiya” biznes uchun foydali taklif

Hisob-kitoblarga ko'ra, Oʻzbekistonda quyosh nurlanishi davomiyligi yiliga 2850-3050 soatni tashkil etadi.

Mamlakatimizda elektr energiyasi uzluksizligini ta'minlash, quyosh batareyalaridan foydalanish istagini bildirgan aholi hamda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida banklar tomonidan imtiyozli shartlarda kreditlar ajratilmoqda.

Mazkur lavhada respublikamizning chekka hududlari Surxondaryo va Jizzax viloyatlaridagi aholi hamda tadbirkorlar Xalq bankining moliyaviy ko‘magida muqobil energiya manbalaridan foydalanuvchilar safiga qo'shilgani haqida so‘z boradi.

Yashil tabiat tarafdorlari uchun Xalq banki imtiyozli kreditlar taklif qiladi.
yuridik shaxslar uchun
jismoniy shaxslar uchun
11.2K views12:32
Ochish/sharhlash
2023-05-12 16:38:09
Ikkilamchi bozordan uy-joy xaridi uchun "Qulay" ipoteka krediti!

Birlamchi yoki ikkilamchi bozordan uy-joy (hovli yoki kvartira) xaridi uchun mablag‘ingiz kamlik qilayotgan bo‘lsa, biz Sizga “Qulay” ipoteka kreditini taklif etamiz. 

Kredit shartlari:
muddati – 15 yilgacha;
imtiyozli davri – 6 oy;
boshlang‘ich to’lov – 26% dan boshlab.

Boshlang‘ich to'lov miqdori 40% dan yuqori bo‘lsa - mijozdan rasmiy daromad manbai talab etilmaydi!

Kreditning maksimal miqdori:
Yakka tartibdagi uy-joy uchun — 1 155 000 000 so‘m;
Ko‘p qavatli uylardan xonadon sotib olish uchun — 990 000 000 so‘m.

Shuningdek, ko‘p qavatli uydan xonadonni Xalq bankining ipoteka krediti orqali olsangiz, uy-joy garov sug'urtasi uchun xarajat qilishingiz talab etilmaydi!

Batafsil: xb.uz

————
1106
Onlayn murojaat uchun
20.6K views13:38
Ochish/sharhlash
2023-05-11 19:03:51
Xalq banki do'stlar davrasida 148 yoshini nishonladi!

10-may kuni Xalq banki tashkil etilganligining 148 yillik tadbiri hurmatli mehmonlar, jurnalistlar va jamaotchilik vakillari, bank xodimlari davrasida keng nishonlandi. 

Tadbirda bank rahbariyati barchani ushbu sana bilan tabriklab, moliya muassasasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir qatnashchilari hamda tashrif buyurgan mehmonlar o‘zlarining dil so‘zlarini maxsus tayyorlangan tabriklar va tilaklar doskasiga muhrladilar.

Bizga bildirgan ishonchingiz va tanlovingiz uchun rahmat!

Qariyb bir yarim asrdan beri xalq xizmatida bo'lgan Xalq banki.
17.9K viewsedited  16:03
Ochish/sharhlash