Get Mystery Box with random crypto!

Xabardor.uz | Rasmiy kanal️

Telegram kanalining logotibi xabardor_uz_official — Xabardor.uz | Rasmiy kanal️ X
Telegram kanalining logotibi xabardor_uz_official — Xabardor.uz | Rasmiy kanal️
Kanal manzili: @xabardor_uz_official
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 55.33K
Kanalning ta’rifi

Xabardor.uz ’ning rasmiy Telegram kanali
Lifestyle – @xabardor_lifestyle
Ўзбекча – @xabardor_kirill
Reklama — @xabardor_admin
Tel: 99890 041 30 00
Instagram: https://www.instagram.com/xabardor__uz/
Facebook: fb.com/Xabardor-101836992688658

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 16

2023-12-08 20:31:54
Putin prezidentlik saylovida qatnashadi

Rossiyaning amaldagi prezidenti Vladimir Putin 2024-yil martida boʻlib oʻtadigan Rossiya prezidenti saylovida ishtirok etishini maʼlum qildi

U bu niyatini Rossiya Federatsiyasi qahramonlariga “Oltin yulduz” medalini topshirish marosimida ma’lum qildi.


Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
13.7K views17:31
Ochish/sharhlash
2023-12-08 19:31:29
Falastinni qo‘llab-quvvatlagan aktyorlar rolsiz qoldirilmoqda

AQShning Kaliforniya shtati Los-Anjeles okrugining gʻarbida joylashgan Beverli-Xillz shahrida Falastinni qoʻllab-quvvatlaydigan aktyorlar bilan birdamlik mitingi boʻlib oʻtdi.

Ko'p sonli san'atkorlar va ko'ngilochar arboblar Falastinni qo'llab-quvvatlaganliklari uchun bosim va senzuraga uchragan. Falastinliklarni qo‘llab-quvvatlovchi aktyorlar rollardan, ish joylaridan mahrum qilinib, tahdid ostiga olinmoqda. Namoyishchilar aynan shunday tahdidlar ostiga tushgan, senzuraga uchrayotgan shou-biznes vakillarini, aktyor va taniqli insonlarni qo‘llab-quvvatlash uchun miting uyushtirishdi.


Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
15.1K views16:31
Ochish/sharhlash
2023-12-08 19:03:51
Toshkentda birinchi qor yog‘moqda

Obunachilar va ijtimoiy tarmoqlardan olingan videolavhalar.

Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
15.5K viewsedited  16:03
Ochish/sharhlash
2023-12-08 18:31:57
Qirg'iziston Tolibon bilan norasmiy aloqalarni davom ettiradi

Rus manbalarining ma’lum qilishicha, Qirg‘iziston “Tolibon” harakati bilan norasmiy aloqada.

Bu aloqa haqida Qirg‘iziston TIV rahbari Qulubayev : “Biz xohlaymizmi yoki yo'qmi, “Tolibon” haqiqiy kuch sifatida faoliyatda. Rasmiy aloqalarimiz yo‘q, lekin biz Kobuldagi elchixonamiz orqali norasmiy aloqada bo‘lib, ular bilan maslahatlashib turamiz”, — deb izoh bergan. Uning taʼkidlashicha, Qirgʻiziston “Tolibon”ga Pomirdagi “juda ogʻir sharoitda” boʻlgan etnik qirgʻizistonliklarga yordam soʻrab murojaat qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ularga ikki marta yordam ko‘rsatilgan.


Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
15.1K views15:31
Ochish/sharhlash
2023-12-08 17:31:47
Toshkentda avtobus piyodalar yo'lagiga o'tib ketdi

Toshkentda Yutong avtobusi piyodalar yo‘lagi bo‘ylab harakatlanib, beton to'siqlarga borib urilgani aytilmoqda.

Ushbu voqea etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Hozircha holat yuzasidan rasmiy munosabat berilmadi.


Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
14.9K views14:31
Ochish/sharhlash
2023-12-08 15:31:47
Bozorlardagi "mitingchi"lar rahbarlarini aniqlash buyurildi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi bozorlarda soliq tizimidan norozi bo‘lib mitinglar uyushtirish mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni izdan chiqarishga urinish ekanini ta’kidladi.

Maxsus xizmat rahbari qo‘l ostidagilarga haqiqiy daromadlarni yashirayotgan tadbirkorlar, jumladan, yirik bozor egalarining noqonuniy harakatlariga chek qo‘yish, mitinglar tashkilotchilarini aniqlash, soliq idoralari xodimlari o‘rtasidagi korrupsiyaga barham berish vazifasini qo‘ydi.

Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
23.0K views12:31
Ochish/sharhlash
2023-12-08 15:17:42
Yangi Konstitutsiyamiz 31 yoshda

Shu yilning 1-mayidan eʼtiboran kuchga kirgan Oʻzbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasida moddalar soni 128 tadan 155 taga, normalar soni esa, 245 tadan 434 taga koʻpaydi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquqlari ustuvorligini taʼminlovchi oʻrinlar talaygina ortgan.

Jumladan, yangi Bosh Qomusimizning ikkinchi boʻlim (“Inson va fuqaroning asosiy huquqlari va burchlari”) 20-moddasida shunday qayd etilgan:

“Inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi”.

Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
14.4K views12:17
Ochish/sharhlash
2023-12-08 15:11:20
Jizzaxdagi jinoiy guruh a’zolari ham ushlandi

Jizzax viloyati IIBning bergan rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, Jizzax viloyatida “Dolzarb - 40 kunlik” maxsus profilaktik tadbirlari doirasida jinoiy guruhlarga azo bo‘lgan 3 nafar shaxslar qo‘lga olinib, 12 nafar shaxslarga jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudi tomonidan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Shuningdek, jinoyat sodir etib, tergov va sud organlaridan yashiringan 17 nafar shaxslar ushlangan.

Xuddi shunday viloyat hududida tezkor vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, jinoyat sodir etishga moyil 20 nafar shaxslarning yashash manzillarida maxsus profilaktik tadbirlar o‘tkazildi. Natijada noqonuniy buyum va ashyolarni saqlab kelgan 10 nafar shaxslar aniqlangan.


Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
14.3K views12:11
Ochish/sharhlash
2023-12-08 14:32:39
"Besh yil ichida Istanbuldagi barcha avariya holatidagi uylar buziladi"- Erdo‘g‘an

Istanbulda har yili 350 mingta uy qurilishi rejalashtirilmoqda va 5 yil ichida zudtar yangilanishni kutayotgan uylar boshqatdan, zilzilabardosh qilib quriladi, degan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.

Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
13.8K views11:32
Ochish/sharhlash
2023-12-05 22:03:36
"Salimboyvachcha" qo'lga olingani rasman tasdiqlandi

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, Salim Abduvaliyev o‘qotar qurolni qonunga xilof ravishda saqlaganlikda gumon qilinmoqda.

Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
14.0K views19:03
Ochish/sharhlash