Get Mystery Box with random crypto!

Jizzaxdagi jinoiy guruh a’zolari ham ushlandi Jizzax viloyati | Xabardor.uz | Rasmiy kanal️

Jizzaxdagi jinoiy guruh a’zolari ham ushlandi

Jizzax viloyati IIBning bergan rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, Jizzax viloyatida “Dolzarb - 40 kunlik” maxsus profilaktik tadbirlari doirasida jinoiy guruhlarga azo bo‘lgan 3 nafar shaxslar qo‘lga olinib, 12 nafar shaxslarga jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudi tomonidan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Shuningdek, jinoyat sodir etib, tergov va sud organlaridan yashiringan 17 nafar shaxslar ushlangan.

Xuddi shunday viloyat hududida tezkor vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, jinoyat sodir etishga moyil 20 nafar shaxslarning yashash manzillarida maxsus profilaktik tadbirlar o‘tkazildi. Natijada noqonuniy buyum va ashyolarni saqlab kelgan 10 nafar shaxslar aniqlangan.


Instagram | Facebook | Telegram | YouTube