Get Mystery Box with random crypto!

​Insonlar uchun jamoatchilik fikrining ahamiyati (2- qism) Bu | Sayyoha

Insonlar uchun jamoatchilik fikrining ahamiyati (2- qism)

Bugungi to‘y-hashamlar "odamlar nima deydi?"ga o‘tkazilyapti, nazarimda. Axir to‘ydan murod ikki insonning oila qurganligini ommaga e'lon qilib qo‘yish, ikki yoshning baxtli kunini birga nishonlash emasmidi?!

Hozirgi kunga kelib bu shodiyonadan maqsad butunlay o‘zgardi-qo‘ydi. Endi insonlar karnay-surnay-u dasturxondagi noz-ne'matlar — barchasini odamlarning ko‘zi uchun, keyinchalik maqtab eslashlari uchun olib kelishyapti. Yoshlarning baxti bilan hech kimning ishi bo‘lmayapti.

Hatto to‘ydan keyin onalar qizlarining jabr-u zulm ko‘rishlariga ham yuqorida tilga olingan stereotip ta'siri ostida jim qarashyapti.

Aslida, odamlar nima ham derdi?! Gapiradi-gapiradi va unutadi. Bir hafta gapirar, bir oy gapirar yo ana boringki, bir yil gapirar, keyin unutadi, vassalom!

Ularning gap-so‘zi bilan hayotingizda hech nima o‘zgarib qolmaydi. Faqat o‘sha gap-so‘z qiluvchilar qilgan g‘iybatlari tufayli o‘z yelkalariga gunoh orttirganlari qoladi, xolos.

Bir so‘z bilan aytganda, "it hurar, karvon o‘tar".

Sayyoha