Get Mystery Box with random crypto!

​Insonlar uchun jamoatchilik fikrining ahamiyati (1- qism) It | Sayyoha

Insonlar uchun jamoatchilik fikrining ahamiyati (1- qism)

It hurar, karvon o‘tar.

Ko‘cha-ko‘yda yurganda jamoatchilikning turli fikrlarini eshitamiz. Kimdir g‘iybat qilayotgan, kimdir ta'na toshlarini otayotgan va yana kimdir tanqid qilayotgan bo‘ladi.

Ba'zilar odamlarning fikriga e'tibor bermasliklarini aytishadi, ba'zilarning hayotini esa o‘zgalar fikri hal qilib qo‘yadi go‘yo.

O‘zi jamoatchilik fikriga ahamiyat berish kerakmikan?! Insonlar fikriga ayrim joylarda ahamiyat berish, ayrim joylarda e'tiborsiz qoldirish kerak. Qachon ahamiyat berish kerak? Qachonki o‘rinli tanqid, biror xato harakatingizga nisbatan jo‘yali fikr bo‘lsa. Qachon e'tiborsiz qoldirish kerak? Qachonki o‘rinsiz tanqid, quruq tuhmat, foydasiz g‘iybat bo‘lsa.

Afsuslar bo‘lsinki, ushbu yozilmagan qoidaga hamma ham rioya qilavermaydi. Ayniqsa, bu holat xalqimizda keng tarqalgan. O‘zbek xalqi ongida "Odamlar nima deydi?" degan stereotip chuqur ildiz otgan.

Bu stereotipni misollar yordamida ko‘rib chiqaylik. "To‘yni ixcham qilib o‘tkazaman", "boshqa millatdan kelin olaman", "ro‘mol o‘rayman", "chetga chiqib ishlayman", "alohida yashayman" desangiz, javob bitta — "odamlar nima deydi?"

Sayyoha