Get Mystery Box with random crypto!

Bu hunar qayerdan chiqdi? Zulm. Ishdan charchab chiqasiz, qol | 👉@VODIY

Bu hunar qayerdan chiqdi? Zulm.

Ishdan charchab chiqasiz, qolmishiga kòz ham toliqadi. Uyga borib dam olaman deb moshnada yòlga chiqasizu, uyga borguncha asablaringiz ham taranglashib uyga kirib borasiz. Sabablar juda kòp. Ammo shu kunlarda juda urf bòlgan bu odatdan jabr chekyapman. Oldingizdan tumanniysini ksenoy qòyvolib, qolmishiga faralarini òchirib yuradigan olifta òtib ketadi, kòz oldim chaplashib ketadi. Bu holat bitta menda emas, juda kòpchilikda bòladi.

Shu befarosatlar zulm qilishini bilarmikan? Shu befarosatlarga shunaqa faralar qòyib berayotganlar zulmga sherik bòlayotganini bilarmikan?

Ota onasini hamma eslayotganini biladimi shular?

Mòmin odam na qòli bilan na tili bilan birovga ozor bermasligini bilmasa kerak. Bilganida bunday qilmasmidi.

Gailarga ham hayronman. Biror chora kòrgani kòrmadim. Bularga faqat jarima solish bòlsa bòldi.

Biror diniy hodim yoki blogerlar ham shu zulm haqida yozishmaydi, gapirishmaydi.

Iltimosim birovga ozor bermang. Qilayotgan ishingiz zulm.

@VODIY