Get Mystery Box with random crypto!

ENG NAMUNALI BOSHLANG’ICH PARTIYA TASHKILOTI | "MILLIY TIKLANISH" PATIYASI SHOFIRKON TUMAN KENGASHI

ENG NAMUNALI BOSHLANG’ICH PARTIYA TASHKILOTI Boshlang’ich partiya tashkilotlari faoliyati samaradorligiga erishish, eng namunali BPTni aniqlash maqsadida joriy yilning 18 noyabr kuni MTDP Shofirkon tuman Kengashi partiya tashkiloti tomonidan “Eng namunali Boshlang’ich partiya tashkiloti” ko’rik-tanlovi o’tkazildi.
Partiya tuman Kengashi tomonidan har bir quyi bo‘g‘in raisining tashkiliy-partiyaviy salohiyati, BPT xonasining mavjudligi va uning jihozlanishi, hujjatlarining yuritilishi, partiya a’zolari soni va ularning yildan-yilga oshish surati, a’zolik badali tushumi rejasini bajarilishi, o’tkazilgan tadbirlar samaradorligi, partiya a’zolarining partiya faoliyatidagi ishtiroki, quyi bo‘g‘inlarning deputatlar bilan hamkorligi hamda BPT raisi yoki a’zolari tomonidan yo’lga qo’yilgan innovastion yangiliklar, takliflar va tashabbuslar bo’yicha o’rganish olib bordi. O’rganishlar natijasiga ko’ra, tumanfagi 48-son, 3-son maktablari hamda 26-son MTM huzuridagi BPT lari eng namunali boshlang’ich partiya tashkilotlari deb topilib, munosib rag‘batlantirildi.