Get Mystery Box with random crypto!

Potter: 'Sterlingning hali aytadigan gaplari bor' | Futbolchilar

Potter: "Sterlingning hali aytadigan gaplari bor"

«Chelsi» bosh murabbiyi Grem Potter yarim himoyachi Raxim Sterling jahon chempionatidagi o‘yinidan so‘ng o‘zining eng yaxshi formasiga qaytishiga umid qilmoqda.
«Umid qilamanki, jahon chempionati Sterlingga o‘zining eng yaxshi formasiga qaytishiga yordam beradi.
Har bir top-futbolchining faoliyatida bunday holatlar uchrab turadi. Ammo menimcha, Raximning hali ham aytadigan gaplari bo‘ladi”, — deydi Potter «Nyukasl» bilan o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Bu mavsumda Sterling APLda 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachi bu ko‘rsatkichlarga sentyabr oyi boshida, «Chelsi»ni Tomas Tuxel boshqargan paytda erishgan.
-