Get Mystery Box with random crypto!

Xvicha: 'Hali ko‘p ishlar bor' «Napoli» yari | Futbolchilar

Xvicha: "Hali ko‘p ishlar bor"

«Napoli» yarim himoyachisi Xvicha Kvarasxeliya ustozi Luchano Spaletti haqida gapirdi.
«Murabbiy har doim yanada ko‘proq ishlashim kerakligini aytadi. U hech qachon bir yerda to‘xtamaslik kerakligini ta’kidlaydi.
Uning yaxshi insoniy fazilatlarini qayd etmoqchiman. Jamoadagi birinchi kunimdan beri u men bilan ko‘p gaplashdi va ko‘p narsani tushuntirdi.
Men undan ko‘p narsani o‘rgandim va futbolchi sifatida o‘sdim. Ammo oldinda hali ko‘p ishlar bor», - deydi 21 yoshli gruziyalik.
Xvicha joriy mavsum A Seriyaning 12 o‘yinida 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
-