Get Mystery Box with random crypto!

Uzrli sabablarga koʻra malaka (test) sinovlarida qatnasha olma | Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Uzrli sabablarga koʻra malaka (test) sinovlarida qatnasha olmagan pedagoglar ishtirokida attestatsiya jarayonlari boshlandi

Avval xabar qilinganidek, uzrli sabablarga koʻra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari pedagoglari attestatsiyadan oʻtkazilmoqda.

Maʼlumot uchun: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda pedagog kadrlar attestatsiyaning biror bosqichida uzrli sabab (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslar)ga koʻra ishtirok eta olmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchirilishi belgilangan.

Test sinovlarini bu yerda jonli kuzatib boring.

Foto: joylarda oʻtkazilayotgan attestatsiya jarayonlaridan

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin