Get Mystery Box with random crypto!

#Сўнгги_қўнғироқ_таассуротлари Bugun maktab bitiruvchilari uc | Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Сўнгги_қўнғироқ_таассуротлари

Bugun maktab bitiruvchilari uchun unutilmas kun. Ular jonajon maktabi quchogʻidan uchirma boʻlib, katta hayot va oldiga qoʻygan kelajak maqsadlari sari ilk qadamlarini qoʻyishmoqda.


Biz ham vazirlik jamoasi bilan poytaxtimizdagi 86-maktabda oʻtkazilgan “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirida qatnashdik. Tadbir avvalida oʻqib berilgan Davlatimiz rahbarining maktab bitiruvchilariga yoʻllagan bayram tabrigi oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Oʻquvchilar Prezidentimiz tomonidan bildirilgan ezgu tilak va ishonchni oqlash uchun barcha imkoniyatlardan unumli foydalanishga soʻz berishdi.


Men ham bitiruvchilarni bugungi unutilmas kun bilan samimiy tabrikladim hamda katta hayot ostonasida turgan oʻquvchi-yoshlarga ulkan muvaffaqiyatlar tiladim.

Maktab oʻqituvchilari va oʻquvchilari menda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, bu yil maktabning 4 nafar oʻquvchisi oltin, 2 nafari kumush medallar bilan taqdirlanishini eshitib quvondim. Maktabning iqtidorli 2 nafar oʻqituvchisini “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirladik.

“Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbiridan keyin maktab pedagogik jamoasi bilan uchrashdim hamda ularning taʼlim sifatini oshirish hamda oʻquvchilarning maʼnaviy kamolotini yanada yuksaltirish borasidagi takliflari bilan oʻrtoqlashdim.

Ushbu oʻquv yilida yangicha baholash tizimi asosida tahsil berishni boshlagan maktabda oʻtgan vaqt mobaynida oʻquvchilarning bilim va davomat koʻrsatkichlari sezilarli darajada yaxshilanganligi tizim rahbari sifatida menga katta quvonch ulashdi.