Get Mystery Box with random crypto!

Ta’limga oid xizmatlardan onlayn foydalaning! Masofadan turi | Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Ta’limga oid xizmatlardan onlayn foydalaning!

Masofadan turib my.gov.uz orqali foydalanish mumkin bo‘lgan ta'limga oid elektron davlat xizmatlari bilan tanishtiramiz:

Bolani bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish. Uydan chiqmagan holda farzandingiz ko‘chiriladigan maktabni tanlang va so‘rov yuboring. 3 ish kunida javobni oling!

Yo‘qolgan yoki shikast etgan maktab shahodatnomasi (10 ish kunigacha) hamda diplom dublikatini (15 ish kunida) berish. Hech qanday tashriflarsiz, hujjatlarsiz oson va qulay amalga oshiriladi.

Xorijiy ta’lim hujjatlarini tan olish. Agar siz chet elda o'qigan bo'lsangiz, ta'limingiz tan olinganligi to'g'risidagi guvohnomaga ariza topshiring. Bu sizga O‘zbekistonda o'qish va ishlashga yordam beradi.

Shuningdek:

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo’yicha test sinovlarida qatnashishga ariza berish
Xalqaro IT-sertifikatlarini olish va o‘qish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismini qoplashga ariza berish
Xorijlik fuqarolar farzandlarini maktabga qabul qilish
Pedagog kadrlarni attestasiyadan o‘tkazish
Ta’lim hujjatlarini nostrifikatsiyalash kabi xizmatlardan ham onlayn foydalanish mumkin.

Yana foydali xizmatlar – “Ta'lim” bo'limida

  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram Bot