Get Mystery Box with random crypto!

O'quvchilarni kasbga yo'naltirishda Germaniya bilan hamkorlik | Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

O'quvchilarni kasbga yo'naltirishda Germaniya bilan hamkorlik rivojlanmoqda

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamda O'zbekistondagi Gyote instituti bilan hamkorlikda o'quvchilarni kasbga o'qitishni qo'llab-quvvatlash maqsadida yurtimizdagi 3 ta maktabga zamonaviy tikuv mashinalari yetkazib berilgan edi.

Kuni kecha mazkur maktablardan biri — Xorazm viloyati, Urganch shahridagi 19-maktabga Germaniyaning Saksoniya federal yeridan tadbirkorlar, soha mutaxassislari tashrif buyurdi.

Tadbirda o'quvchilarni kasbga yo'naltirish bo'yicha Germaniya tajribasi hamda bugungi kunda Germaniyada aktual bo'lgan kasblar haqida ma’lumot berib o‘tildi.

Joriy yilning 29-may kuni GIZ va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda "Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va oʻqitishda zamonaviy tendensiyalar" mavzusida xalqaro seminar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bu haqida keyinroq batafsil ma’lumot beramiz.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin