Get Mystery Box with random crypto!

Surxondaryoda 1 ming 273 nafar nafaqadagi o‘qituvchi ayollarga | Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Surxondaryoda 1 ming 273 nafar nafaqadagi o‘qituvchi ayollarga bayram tabriklari yo‘llandi

8-mart - "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev viloyatdagi 1 ming 273 nafar jonkuyar faxriy pedagog ayollarga bayram tabriklarini yo‘lladi.

Bugun boshqarma boshlig‘i viloyatning turli hududlarida bo‘lib, bir guruh onaxonlarga mazkur bayram tabriklarini o‘qib eshittirdi va ularga o‘zining esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Faxriy pedagoglar bilan bo‘lgan suhbat davomida Xusniddin Mamadiyev fidoyilik timsoli bo‘lgan aziz ustozlar, mo‘tabar ayollarga ta'lim tizimiga qo‘shgan hissalari uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Boshqarma boshlig‘ining tabriknomalarini viloyatning barcha hududlaridagi faxriy pedagog ayollarga yetkazish ishlari davom etmoqda.

Surxondaryo viloyati MMTB axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter