Get Mystery Box with random crypto!

Olis hududlarda ingliz tilini o'rgatish bo'yicha mobil guruhla | Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Olis hududlarda ingliz tilini o'rgatish bo'yicha mobil guruhlar faoliyati tashkil etiladi

Xorijiy tillarni oʼrganishni ommalashtirish agentligi hamda Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi onlayn muloqot tashkil qildi.

Suhbat davomida Respublika ta'lim markazi vakillari shu paytga qadar chet tillarni o'qitish tizimini rivojlantirish va mazmunini boyitish bo'yicha qilingan ishlar, jumladan, Milliy o'quv dasturi asosida chet tillari doirasida yaratilgan o'quv dasturi va dastur asosida tayyorlanayotgan darsliklarning mazmun-mohiyati haqida ma'lumot berishdi.

Shuningdek, Cambridge darsliklarini mahalliylashtirish bo'yicha qilinayotgan ishlar, English Speaking Nation "Ingliz tilida so'zlashuvchi millat" loyihasi haqida aytib o'tildi.

Suhbat davomida olis hududlarda mobil guruhlar faoliyatini boshlash va til oʼrganuvchilar uchun chet tilini mukammal oʼrganish muhitini tashkil etish haqida kelishib olindi.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube