Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzbek tili va adabiyotini o'qitish bo'yicha Xalqaro konferens | Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Oʻzbek tili va adabiyotini o'qitish bo'yicha Xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi

O‘zbek tili va adabiyotiga yangicha yondashuvni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Xaql ta’limi vazirligi tashabbusi bilan Respublika ta’lim markazi hamda Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamkorligida “O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitishning zamonaviy metodikasi: integratsiya, metodologiya, amaliyot” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada Ona tili, Adabiyot, O'zbek tilini o‘qitishdagi zamonaviy yondashuvlar ifoda etilgan eng yaxshi maqolalar mualliflari munosib sovg'alar bilan taqdirlandi.

Xalqaro va mahalliy ekspertlar jamoasi esa o'z ma'ruzalari orqali konferensiya ishtirokchilarini ta'limga yangicha yondashuvlar aks etgan islohotlarning negizida yotgan tajriba va ilmiy izlanishlarning mazmuni bilan tanishtirdilar.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube