Get Mystery Box with random crypto!

#muhim #tavsiya Talabalarga yengillik, bu imkoniyatdan foydala | O'zDXA yoshlari | Rasmiy kanal

#muhim #tavsiya
Talabalarga yengillik, bu imkoniyatdan foydalanishni tavsiya qilamiz!

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan yotoqxona bilan qamrab olinmagan, davlat oliy ta'lim muassasalarida tahsil oladigan talabalarining ijara haqi miqdorini 50 foizini davlat byudjetidan qoplab berish yo'lga qo'yilganidan xabaringiz bor. Ammo ko'pchilik ijara shartnomalarini ortiqcha qog'ozbozlik ishlari va davlatga soliq to'lashdan qochib tuzmaslikni ma'qul ko'rmoqdalar.

Davlat soliq qo'mitasi xabar berishicha 2022-yil 1-yanvardan boshlab, talaba ham, ijarachi ham daromad solig‘i to‘lamaydi! Ijara shartnomalarini esa bir zumda onlayn tuzish imkoni ham yaratildi.

Ijara shartnomalarini onlayn tuzish bo'yicha YouTube sahifamizdagi videorolikni ko'rishni tavsiya qilamiz.




@manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi