Get Mystery Box with random crypto!

Buyuk O'zbekiston

Telegram kanalining logotibi uzbek_ulusi — Buyuk O'zbekiston B
Telegram kanalining logotibi uzbek_ulusi — Buyuk O'zbekiston
Kanal manzili: @uzbek_ulusi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4
Kanalning ta’rifi

*O'zbek tarixi
*O'zbek millati
*Buyuk o'zbek shaxslari
*Oʻzbek kelajagi
Tarixiy o'zbek millatini kelib chiqishi buyuk bobokalonlarimiz va qolaversa yangi dunyoda tanilgan O'zbek millatining vakillari haqida ma'lumot berib boriladi.
#Milliy_uyğonish

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-07-11 11:18:44 Tarixni yozgan shaxslar haqiqatni yozgan deb kim ayta oladi? Yozilganlarning hammasi 100 % to'g'ri deb kim ayta oladi? Hech kim! Tarix o'sha yurt manfaatlari uchun o'zgartirilgan. Shuning uchun ham doim kelishmovchiliklar bo'ladi. Har bir xalq, millat yaxshi qahramonlari borligi bilan faxrlanishni istaydi, shuning ortidan ham mojarolar to'xtovsiz davom etaveradi.

Zakirxanovna
@Uzbek_ulusi
109 viewsМ. Маҳмудова, 08:18
Ochish/sharhlash
2022-07-11 10:57:20 Amir Temur qozoq, Chingizxon qirg'iz yoki qozoq deb yuradiganlar va Darvin nazariyasini yoqlaydiganlar sizlarga savol: miyyasiz yashash qiyin bo'lmayaptimi?
121 viewsМ. Маҳмудова, 07:57
Ochish/sharhlash
2022-07-11 10:41:53 Ҳаётимдаги ўзгариш нуқтаси онам менга ойнайи жаҳонни кўришни ман қилиб китоб ўқишга мажбурлаган кундан бошланган...

Бен Карсон

P.S.: Бизнинг болалар эса биз билан бирга фахшга бой бемаъни сериалларни кўриб ётади ва биз Ўзбекистоннинг ривожланмаётганлигидан нолиб юрамиз...
RustamAhmedoff
@Uzbek_ulusi
194 viewsRustam Ahmedoff, 07:41
Ochish/sharhlash
2022-07-11 09:48:47
Har bir o'qiyotgan kitobimdan iqtiboslar keltirib boraman. Bunga nima deysiz?
Anonymous Poll
76%
Ha, yaxshi bo'lardi
26%
Yo'q, kerak emas
5%
Boshqa taklifim bor
38 voters166 viewsМ. Маҳмудова, 06:48
Ochish/sharhlash
2022-07-11 08:50:41 Menga bir narsa butun umr alam qilib kelsa kerak: qayoqdagi yaloqxo'rlar, xudosiz shaxsga sig'inuvchi ateistlar ziyolilarimni xor qilgani.
Zakirxanovna
@Uzbek_ulusi
180 viewsМ. Маҳмудова, 05:50
Ochish/sharhlash
2022-07-11 08:07:06
#Мулоҳаза

Отажон!
- Лаббай?
- Месси афсонами ёки Роналдоми?

- Қуръони Каримнинг барчасини бир ракаатда ўқиган Усмон ибн Аффон афсонадир, болам.

Бир ойда бир марта ҳам Қуръон ўқий олмаган биз ҳам «афсона»миз...
@odamlar_orasida_dastur
@Uzbek_ulusi
193 viewsSuhrobxon, 05:07
Ochish/sharhlash
2022-07-11 05:04:08 Assalomu alekum .

Siyosat , tarix , dolzarb mavzularda
faoliyat yurutadigan @dream_teamUz
kanaliga obuna bo'ling . Bir chimdim
yumor ham bor albatta .

Ming marta eshitgandan bir marta ko'rgan yaxshi deyishadi . Kanalning dodasi . Obuna bo'ling .

@Dream_teamUz Kaminaning postlarini kuzatishingiz mumkin .
225 viewsSuhrobxon, edited  02:04
Ochish/sharhlash
2022-07-10 21:13:05 Бир қишлоқнинг умумий қудуқлари бўлиб ундан барча фойдаланар экан. Кунлар ўтиб қудуққа челак ташланса, ундан фақат арқон қайтиб чиқадиган бўлибди. Қишлоқ аҳли йиғилиб бунинг сабабини билишни исташибди ва келишиб бир йигитни қудуқ ичига туширадиган бўлишибди. Йигит бир шарт билан рози бўлибди. Шарти акаси ҳам уни боғлашган арқонни ушлаб туриши экан. Қишлоқдошлари ҳайрон бўлишибди ва акасини топиб келишибди. Йигит қудуққа тушибди, қараса, қудуққа шох тушиб кетган экан ва ташланган челаклар унга илиниб юқорига чиқмай қолаётган экан. Йигит шохни ўзи билан олибди ва арқонни тортишларини буюрибди. Юқорилай бошлаганда ўзидан аввал шох кўриниб одамларни қўрқитиб юборибди шунда арқонни ушлаб турган барча уни ташлаб қочибди. Ёлғиз акасигина укасидан ҳавотир олиб уни қўйиб юбормабди ва бор кучи билан тортиб олибди.

Бу қиссадан кўринадики меҳрибонлик, ҳамжиҳатлик, ишонч оиладан бошланади.
Ака ука бир бирини оғир кунда ташлаб кетишни эмас, балки елкама елка туриб бирга курашиш керак эканини англатади.

Закирхановна
@Uzbek_ulusi
341 viewsМ. Маҳмудова, 18:13
Ochish/sharhlash
2022-07-10 20:09:32 Yalqov va dagasalarning eng mashhur so'zlaridan biri :
" Dushanbadan boshlayman " degan
bahonasi .

Bir yalqov tanishim aytib qoldi ;
Sport bilan shug'ullanmoqchiman
Qachon ? Dushanbdadan ...
Erta uyg'onib , kitob o'qimoqchiman
Qachon ? Dushanbadan ...
Oxiri asabim buzlugandan qachon mana shu Dushanbadan degan bahonangni yig'ishtirasan dedim ?
Yana tirjaygancha Dushanbadan dedi
o'likni ustidan tepgan qilib .

Ehh qani edi shu tanishim aytganiga amal qilib , Dushanbadan barcha aytgan ishlarini qilganda kamida Ronaldu yoki Elon Musk bo'b ketardi ey.

P.S./ Kak - raz ertaga Dushanba . Qani baraka topkurlar bir o'zgarib ko'ringlarchi . Dushanbdan o'zgarish uchun nima qilish kerak ? Birinchi o'rinda internetni o'chirib uxlash kerak . Baraka topkur ..!

Reaksiya qo'yishni Dushanbaga qo'yib o'tirmang . Shundog'am Dushanbadan qiladigan ishlar ko'p .

Suhrobxon.
@Uzbek_ulusi
273 viewsSuhrobxon, edited  17:09
Ochish/sharhlash
2022-07-10 19:46:57 Koruppsiya .

Har bir sohaning , har bir jamiyatning
" bedavo " dardlari bo'ladi . Dardning bedavoligi shundaki bu dard jamiyat ,
xalq tomonidan odatiy qabul qilinadi .
Jamiyatning qon - qoniga singib ketadi.

Inson ongi – yangilikka intilishdan qo'rqadi . Biron narsani birinchi marotaba bajarayotganingizda beixtyor
xayajon va xavotirlana boshlaysiz .
Barcha illatlarning boshlanishi qiyin bo'ladi . Birinchi marta pora olayotgan
inson , katta gunohga qo'l urayotgan kishi avvaliga juda qiynaladi . Bu vijdon
azobi – deb ataladi .

Bir xil xatti xarakatning tez tez takrorlanaverishi odat paydo bo'lishiga
olib keladi . Kasallikning bu bosqichida vijdon azobidan asar ham qolmaydi . Ertalab turib yuzingizni qanday yuvganingiz kabi , pora olish berish ham xuddi shu shaklda kechadi .
Allohning bandaga berdigan eng katta
jazosi bandaning gunoh ishdan keyingi
afsuslanish ( tavba ) hissini olib qo'yishidir .

Koruppsiya , tanish bilishchilik kabi illatlardan bir kun yoki bir yilda qutulish
imkonsiz . Yomon odatdan voz kechishni yagona yo'li , muhitning o'zgarishidir . Kasalikkdan qutulishning yagona chorasi bolalarga to'g'ri ta'lim berish , yoshlikdan ularga pora olish , tanish bilishchilikning salbiy oqibatlarini tushuntirishdir .

P.S/ Pora yomon illat deb , farzandingiz ko'z o'ngida pul qistirsangiz aytgan gaplaringiz , bergan tarbiya va natijangiz 0 ga teng . Chunki insonlar eshtiganidan ko'ra ko'proq ko'rganinga amal qiladi .

Suhrobxon .
@Uzbek_ulusi
#Milliy_uyğonish
265 viewsSuhrobxon, edited  16:46
Ochish/sharhlash