Get Mystery Box with random crypto!

«Oʻzagrosugʻurta» AJ

Telegram kanalining logotibi uzagrosugurta_aj — «Oʻzagrosugʻurta» AJ O
Telegram kanalining logotibi uzagrosugurta_aj — «Oʻzagrosugʻurta» AJ
Kanal manzili: @uzagrosugurta_aj
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 744
Kanalning ta’rifi

«Oʻzagrosugʻurta» AJ kompaniyasining rasmiy kanali
Админ: @uzagrosugurta1997
Tel.: 71 216-05-00
Qisqa raqam: 1186
Manzil: 100156, Toshkent sh., Chilonzor t., 19-mavze, 61/2
Rasmiy sayt: www.agros.uz
Yozma murojaat uchun: j.qodirov@agros.uz

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2022-06-30 17:20:23
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirlarda ishtirok etish uchun "Yangi Oʻzbekiston" bogʻiga keldi.

Davlatimiz rahbari bogʻda Besh tashabbus yoʻnalishlari boʻyicha tashkil etilgan pavilyonlar faoliyati bilan tanishadi, yoshlar bilan muloqot qiladi. Soʻng, Yoshlar kuniga bagʻishlangan bayram tadbirida nutq soʻzlaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Sayt
333 views14:20
Ochish/sharhlash
2022-06-30 16:57:49
Amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asoslari Konstitutsiya darajasida mustahkamlanadi

O‘zbekistonda jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar bugun ijobiy o‘zgarishlar, yangilanishlarga sabab bo‘lmoqda. Bejizga bugun hatto, xorijiy nufuzli tashkilotlar, davlat rahbarlari Yangi O‘zbekiston deya tilga olishayotgani yo‘q.

Keng jamoatchilik, oddiy fuqarolarimiz tomonidan bildirilgan taklif va fikr-mulohazalarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi ayni paytda umumxalq muhokamasidan o‘tmoqda.

“O‘zagrosug‘urta” AJ Boshqaruvida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi yuzasidan “Konstitutsiyaviy islohotlar – davlat va jamiyat demokratlashuvining kafolatidir” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.

BATAFSIL

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Sayt
343 views13:57
Ochish/sharhlash
2022-06-30 14:41:51
Maqsad mijozlar manfaatini ta’minlash

“O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan aholiga sifatli sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, sug‘urta qildiruvchi va sug‘urtalovchi o‘rtasida tuziladigan sug‘urta shartnomalarida sug‘urta tavakkalchiliklari ruyxatini aniq belgilash va qanday holatlarda sug‘urta hodisasi tan olinishini ko‘rsatish, mijoz tomonidan taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar to‘plami ro‘yxatini qisqartirish ya’ni, optimallashtirish, umumiy istisnolar qismini mijoz manfaatlarini ko‘zlagan holda ko‘rib chiqish yo‘lga qo‘yildi.

Muzaffar IBRAGIMOV,
Sug‘urta da’volari departamenti menejeri

BATAFSIL

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Sayt
318 views11:41
Ochish/sharhlash
2022-06-29 15:14:59
Murojaatlar mazmuni sug‘urta xizmatlariga qiziqish ortganini ko‘rsatmoqda

“O‘zagrosug’urta”
aktsiyadorlik jamiyati tomonidan 2022 yil 20 iyun holatiga kelib tushgan murojaatlar, ularni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ko‘tarilgan masalalarni hal qilish holati yuzasidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida brifing o‘tkazildi.

O‘zbekiston sug‘urta bozorida yuzdan ortiq sug‘urta turlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatib kelayotgan “O‘zagrosug‘urta” aktsiyadorlik jamiyatining asosiy shiori “Har bir mijoz muhim, uning manfaatlari ustuvor” tamoyili hisoblanadi. Shu bois, kompaniya iste’molchilarning har bir talab va takliflari, murojaatlariga e’tibor qaratib, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga xizmat ko‘rsatishning bosh mezoni sifatida qaraydi.

Ta’kidlash kerakki, kompaniyaga kelib tushgan murojaatlarning qariyb 90 foizi mazmunan sug‘urta qoplamasini to‘lash bilan bog‘liqdir.

BATAFSIL

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Sayt
579 views12:14
Ochish/sharhlash
2022-06-29 12:13:05
Фуқаролардан келиб тушган мурожаатлар таҳлили

АОКАда “Ўзагросуғурта” АЖ ахборот хизмати раҳбари Шуҳрат Қобилов иштирокида шу мавзуда брифинг бошланди.

Қуйидаги ҳавола орқали тўғридан-тўғри томоша қилишингиз мумкин:

Жонли эфир


Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
329 views09:13
Ochish/sharhlash
2022-06-28 17:02:39 “Oʻzbek paxtasiga boykot bekor qilinganidan soʻng, xorijiy brend va yirik kompaniyalar mahalliy korxonalar bilan hamkorlik qilishga, milliy mahsulotlarimizga katta qiziqish bildirmoqdalar.

Lekin, ochiq aytish kerak, toʻqimachilik sanoatini tashqi bozorlarga olib chiqish, brendlar va yirik korxonalarni jalb qilishda elchixonalar ishlamayapti.

Misol uchun, bizdagi Turkiya, Xitoy, Germaniya kabi boshqa davlatlar elchilari oʻz mamlakati tadbirkorlarining manfaatini himoya qilish uchun vazir, hokim, hatto korxonagacha borishdan charchamaydi.

Lekin, bizning elchilarda bunday tashabbus hali yoʻq!
”, dedi Prezident.

Shu munosabat bilan yil yakuniga qadar:

- Ispaniya, Germaniya va Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Polsha, Yaponiya, Turkiya, AQShdagi elchilar bilan birga 50 ta xorijiy brendlarni yurtimizga olib kelish;

- xalqaro koʻrgazmalarda kamida 30 ta oʻzbekistonlik ishlab chiqaruvchi mahsulotini olib chiqib, 50 million dollardan buyurtma olishni taʼminlash topshirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Sayt
330 views14:02
Ochish/sharhlash
2022-06-28 16:51:09 Paxta xom ashyosi va ip-kalavani qayta ishlashni tizimli tashkil etish uchun Bosh vazir oʻrinbosari S.Umurzoqov boshchiligida Respublika komissiyasi tuzilishi belgilandi.

Komissiyaning asosiy vazifasi yuqorida aytib oʻtilgan 9 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqarish rejasini har bir viloyat, tuman va shahar, qolaversa, klaster kesimida belgilash va ijrosini tashkil etish hisoblanadi.

Klasterlar paxtadan ip-kalavagacha ishlab chiqarish zanjirini joriy etishga masʼul boʻladi.

Agar klasterning oʻzida xohish boʻlsa, bemalol oʻzi qayta ishlashni toʻliq siklda amalga oshirishi mumkin.

Bundan buyon, alohida industrial zonalar tashkil qilinib, ularda tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilar uchun barcha sharoitlar yaratib beriladi.

Komissiya elchilar va klasterlar bilan birga bu industrial zonalar boshqaruviga chet el kompaniyalarini jalb qilib, nufuzli brendlarni olib keladi.

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Sayt
284 views13:51
Ochish/sharhlash
2022-06-28 16:46:08 Agar tomchitalib sugʻorishni joriy etish sohasida erkin raqobat boʻlsa, ilm bilan yondashilsa, ushbu texnologiyani joriy etish xarajatini gektariga 15-20 million soʻmga bemalol tushirish mumkin (hozirda 27 million soʻm).

“Lekin, katta fojia – ayrim rahbarlar bu ezgu islohotga oʻziga yaqin taʼminotchilar va bilimsiz odamlarni aralashtirayapti. Shu orqali korrupsiya boshlangani haqida menda yetarli maʼlumotlar bor", dedi Prezident.

Moliya va Suv xoʻjaligi vazirliklariga bir hafta muddatda:

- yangi ishga tushirilgan elektron portalga hamma taʼminotchilarni kiritish;

- taklif qilinayotgan suv tejovchi texnologiyalar narxi va xizmatlar sifatini baholab boradigan shaffof tizim yaratish topshirildi.

Bunda eng maqbul shartlar va narxlarni fermerlarning oʻzi tanlaydi.

Ishlab chiqaruvchi esa kamida 3-yil fermerga servis xizmatini koʻrsatishni kafolatlashi shart.

Umuman, klasterlar hamkor fermerlari bilan birga olgan daromadidan bir qismini jamgʻarib, ichki irrigatsiya tizimini yaxshilashni ham yoʻlga qoʻyishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Sayt
252 views13:46
Ochish/sharhlash
2022-06-28 16:44:18 Yil yakuniga qadar har bir klasterda urugʻchilik, tuproq tahlili va biolaboratoriyalar hamda urugʻ tayyorlash sexlari ishga tushiriladi.
Davlat-xususiy sheriklik asosida Andijon, Buxoro va Surxondaryoda Paxtachilik instituti va Genomika markazining urugʻchilik va agrotexnologiya korxonalari tashkil qilinadi.

Shuningdek, har bir klaster yil yakuniga qadar tuproq unumdorligini tahlil qilib, yer maydonlari pasportini ishlab chiqishi va hosildorlikni oshirish choralarini belgilab olishi kerakligi taʼkidlandi.

Prezident barcha klasterlar suvni ilm bilan tejab ishlatishi shartligini qayd etdi.

Soʻnggi ikki yilda 169 ming gektar paxta maydonlarida tomchilab sugʻorish joriy qilindi. Yil yakuniga qadar 160 ming gektar, kelgusi yilda ham yana shuncha paxta maydonida tomchilatib sugʻorishni joriy qilish vazifasi qoʻyildi.

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Sayt
251 views13:44
Ochish/sharhlash
2022-06-28 16:01:33 Olimlarimiz yaratgan 100 sentnergacha hosil beradigan paxta navlari (Buxoro, Ravnaq, Porloq, Sulton) klasterlarga yetkazilmayapti, dehqon va fermerlarimiz qaysi hosildor urugʻlarni ekishni va ularni qayerdan olishni bilmayapti.

Soʻnggi yillarda kunduzgi va tungi harorat bir xil boʻlib qolayotgani, yangi turdagi hashoratlarning koʻpayib borayotgani ushbu sharoitga chidamli navlarni koʻpaytirishni taqozo qilmoqda.

Gʻoʻzani oʻgʻitlashni oʻzgartirish, gerbitsid va pestitsidlarni ham tartibga solish vaqti-soati keldi.

Shu bois Prezident huzurida Innovatsiya vaziri I.Abduraxmonov boshchiligida Paxtachilik kengashi tashkil etilishi belgilandi. Kengash:

- har yili hosildor va ertapishar navlarni hududlar kesimida koʻpaytirish va ekishni har bir klaster boʻyicha belgilab beradi;

- iqlim va harorat oʻzgarishlariga mos boʻlgan oʻgʻitlash sxemasini ishlab chiqadi, gerbitsid va pestitsidlar qoʻllashni tartibga oladi;

- keyingi yillarda hashoratlar eng katta muammo boʻlishini inobatga olib, ularga qarshi kurashish boʻyicha har bir hududga mos agrotexnologiyalarni ishlab chiqadi.

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Sayt
257 views13:01
Ochish/sharhlash