Get Mystery Box with random crypto!

«Oʻzagrosugʻurta» AJ

Telegram kanalining logotibi uzagrosugurta_aj — «Oʻzagrosugʻurta» AJ O
Telegram kanalining logotibi uzagrosugurta_aj — «Oʻzagrosugʻurta» AJ
Kanal manzili: @uzagrosugurta_aj
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 744
Kanalning ta’rifi

«Oʻzagrosugʻurta» AJ kompaniyasining rasmiy kanali
Админ: @uzagrosugurta1997
Tel.: 71 216-05-00
Qisqa raqam: 1186
Manzil: 100156, Toshkent sh., Chilonzor t., 19-mavze, 61/2
Rasmiy sayt: www.agros.uz
Yozma murojaat uchun: j.qodirov@agros.uz

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-15 15:57:57
O‘ZBEKISTONDA AGROSUG‘URTA: HOLATI VA RIVOJLANISH YO‘NALISHI

Agrar soha vakillariga qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi xizmatlaridan foydalanishga nima to‘sqinlik qilmoqda

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari qanday xavf-xatarlarga duch kelmoqda

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi uchun sug‘urtaning qaysi shakli eng maqbul hisoblanadi

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining rasmiy veb-saytiga shu va boshqa dolzarb savollar yuzasidan "O‘zagrosug‘urta" AJ Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Abdurashid Vahobov intervyu berdi.

Batafsil

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Sayt
420 views12:57
Ochish/sharhlash
2022-08-11 12:33:42
Ochiqlik va shaffoflik xizmat ko‘rsatishning bosh mezoni

Bugungi iqtisodiy-siyosiy islohotlar davrida ko‘plab sohalarda ilg‘or xalqaro standartlar asosida samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilash, xususan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlash ustuvor yo‘nalishlardan hisoblanadi.

“O‘zagrosug‘urta” AJ Boshqaruvida tashkil etilgan o‘quv-seminari Davlatimiz rahbarining “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-154-son farmoni mazmun-mohiyati, uning ijrosini so‘zsiz va samarali ta’minlash masalalariga bag‘ishlandi.

BATAFSIL

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Sayt
502 views09:33
Ochish/sharhlash
2022-08-11 08:59:07
#savoljavob

Mutaxassis javob beradi

Savol:
Sugʼurta mukofoti nima?

Javob: Sugʼurta qildiruvchi tomonidan sugʼurtalovchiga sugʼurta shartnomasida shart qilib koʼrsatilgan tartibda va muddatlarda milliy valyutada yoki chet el valyutasida toʼlanadigan sugʼurta uchun toʼlov.

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Sayt
401 views05:59
Ochish/sharhlash
2022-08-10 07:09:10
Президентимиз Шавкат Мирзиёев Ҳиндистоннинг Ченнай шаҳрида бўлиб ўтган 44-Бутунжаҳон шахмат олимпиадасида чемпионликни қўлга киритган жамоамиз билан телефон орқали мулоқот қилиб, уларни ушбу буюк ғалаба билан қизғин табриклади.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
305 views04:09
Ochish/sharhlash
2022-08-09 16:31:04
Shaxmat va sug‘urta

Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan 44-jahon shaxmat olimpiadasi o‘zbek shaxmati tarixiga zarxal xarflar bilan yozildi. FIDЕning biz bir oilamiz doimiy shiori ostida o‘tgan ushbu nufuzli chempionatda O‘zbekistoning erkaklar terma jamoasi tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Shaxmat tarixi buyuk chempionlar, da’vogarlar, yuqori toifali o‘yinchilar, o‘z mamlakati chempionlari, tajribali grossmeysterlar bilan to‘la. Shunday shaxmatchilarning biri Isaak Kejden.

Isaak Kejden beshta olimpiadada qatnashgan Kejden to‘qqizta medal qo‘lga kiritdi, bu rekord hech qachon boshqa amerikalik shaxmatchilar tomonidan yangilanmagan.

Buyuk Depressiya bilan bog‘liq iqtisodiy qiyinchiliklar boshlanganda Kedenning shaxmat karerasi sekinlashdi va u oilasini boqish uchun sug‘urta sohasida xavfsizroq ish topdi.

BATAFSIL

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Sayt
405 views13:31
Ochish/sharhlash
2022-08-09 15:27:41
Siz qaysi sugʼurta xizmatlaridan foydalanasiz?
Anonymous Poll
14%
Ixtiyoriy
37%
Majburiy
33%
Har ikkalasidan
17%
Umuman foydalanmayman
101 voters347 views12:27
Ochish/sharhlash
2022-08-09 15:25:28
Ayollar jamiyat hayoti barcha sohalarining faol ishtirokchisi

Mamlakatimizda aholining qariyb 50 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Ularning barcha huquq va erkinliklari doim qonun himoyasida. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida ham “Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar”, deb belgilab qo‘yilgan.

Ma’lumki, bugungi kunda ayollar ijtimoiy-ma’naviy, siyosiy-iqtisodiy hayotning barcha sohalarida samarali va faol mehnat qilib kelmoqda.

“O‘zagrosug‘urta” aktsiyadorlik jamiyati Boshqaruvi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda joriy yilning 8 avgust kuni gender tenglikni ta’minlash masalalari yuzasidan seminar tashkil etildi. Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi so‘lim go‘shalardan birida o‘tkazilgan tadbirda Jamiyat Boshqaruvida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirok etishdi.

BATAFSIL

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Sayt
405 views12:25
Ochish/sharhlash
2022-08-08 12:31:59
#savoljavob

Mutaxassis javob beradi

Savol:
Sugʼurta badali nima?

Javob: Sugʼurta mukofotining sugʼurta shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda, miqdorlarda va shartlarda milliy valyutada yoki chet el valyutasida toʼlanadigan bir qismi.

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Sayt
368 views09:31
Ochish/sharhlash
2022-08-04 10:26:55
Eksportchilar sug‘urtasi, shartnomaviy nizolar va ularni bartaraf etish usullari?

Qishloq xo‘jaligi eksportchilarining sug‘urtaviy manfaatlarini himoya qilishda yuzaga keladigan nizolar, ularni kelib chiqish sabablari va bartaraf etishning huquqiy asoslari to‘g‘risida "O‘zagrosug‘urta" AJ Yuridik departamenti direktori Behzod Sodiqov "Shirin Meva" jurnali muxbiriga maxsus intervyu berdi.

Eslatib o‘tamiz, maxsus intervyu Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasining uchinchi yo‘nalishi — Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur'atlarini ta'minlash maqsadida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan tashkil etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Sayt
687 views07:26
Ochish/sharhlash
2022-08-04 08:22:49
“O‘zagrosug‘urta” AJ Boshqaruvi Qayta sug‘urtalash va xalqaro munosabatlar departamenti direktori lavozimiga tanlov e’lon qiladi.


Nomzodlarga talablar:
- ma’lumoti – oliy, moliya, iqtisod sug‘urta ishi ta’lim yo‘nalishdagi bakalavr yoki magistr diplomiga ega bo‘lishi;
- xorijiy (ingliz, rus va boshqa) tillarni mukammal bilishi;
- kompyuterda ishlashni mukammal bilish;
- ma’lumot va hisobotlarni tahlil qilish, mustaqil fikrlash, jamoa bilan ishlash hamda o‘z bilimini muntazam oshirib borish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- faoliyat bo‘yicha xizmat safarlariga tayyor bo‘lish.

Tanlovda ishtirok etish uchun talabgor-nomzodlar quyida berilgan elektron pochta manziliga pasport, diplom(lar) nusxasi, ma’lumotnoma-ob’ektivka yuborishi lozim.
vakant@agros.uz

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Sayt
449 viewsedited  05:22
Ochish/sharhlash