Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent amaliy fanlar universitetida 31-may kuni yangi loyiha | Toshkent amaliy fanlar universiteti

Toshkent amaliy fanlar universitetida 31-may kuni yangi loyiha — UZQUIZ intellektual o'yini o'tkazildi.

UZQUIZ — iqtidorli talabalarni aniqlab, ularda liderlik qobiliyatini oshirish maqsadida yo’lga qo’yilgan loyiha.

Ushbu o'yinda 19 ta jamoa ishtirok etdi. Qizg'in bahslarga boy bo'lgan o'yin yakuniga ko'ra  "Iqtisodiyot" fakultetining “O’zimiznikilar” jamoasi 1-o’rinni , “Tarix va filologiya” fakultetining 2 ta jamoasi  “Umar Hayyom ulfatlari” jamoasi 2-o’rinni va “Og’alar” jamoasi 3-faxrli o’rinlarni qo'lga kiritdi.