Get Mystery Box with random crypto!

Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL

Telegram kanalining logotibi ustozlar_uchun — Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL
Kanaldagi mavzular:
Imtihon
Huquqiy
Kanal manzili: @ustozlar_uchun
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 11.20K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Xalq ta'limi xodimlariga hujjatlar to'plami.
📡 @ustozlar_uchun kanalidan hamma hujjatlarni topasiz.
(kanal 26-08-2017 yaratilgan)
Hamkorlar:
📡 @pedagoglarmiz
🌐 fb.com/ustozlaruchun
Bog'lanish: @muallif_bot

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 52

2022-01-09 17:49:28
Маска тақмаганлик учун жарима 1 миллион 350 минг сўм

Ўзбекистонга Омикрон штамми кириб келиши сабабли карантин назорати кучайтирилади, амал қилмаганларга қонуний чора кўрилади


https://t.me/ustozlar_uchun
12.8K views14:49
Ochish/sharhlash
2022-01-09 17:45:31 ​​ #Tezkor

Oliy ta’lim muassasalari talabalarini koronavirus infeksiyasiga qarshi to‘liq emlash choralari ko‘riladi

Ma’lum bo‘lishicha, mamlakatimizga kelgan xorijiy davlat fuqarosidan COVID-19ning yangi Omicron shtammi joriy yilning 7-yanvar kuni aniqlangan.

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan jamoat joylarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish ustidan nazorat kuchaytirilmoqda.

Bunda, barcha tashkilot, korxona va muassasalarda, yirik savdo majmualari, supermarketlar, ko‘ngilochar muassasalarning kirish qismida niqobda bo‘lish, ijtimoiy masofani saqlash, tana haroratini o‘lchash amaliyotiga qat’iy rioya etilishi ta’minlanadi.

Aholini to‘liq emlash va buster doza bilan emlash ishlari jadallashtiriladi.

Vazirlik, idoralar va boshqa davlat tashkilotlari hamda xo‘jalik birlashmalarida:

ishchilarning emlangandan so‘ng ish joylariga kiritishga ruxsat beriladi. Mazkur tartibni buzgan tashkilot rahbarlariga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qat’iy chora ko‘riladi;

mamlakatda amal qilayotgan karantin cheklovlari sharoitida aholi salomatligini ta’minlash maqsadida turli tadbirlar tashkil etish taqiqlandi.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ta’til davomida koronavirus infeksiyasiga qarshi to‘liq emlash choralari ko‘riladi. Ushbu tadbirlarga OTM rahbarlari shaxsan mas’ul etib belgilanadi.


https://t.me/ustozlar_uchun
7.2K views14:45
Ochish/sharhlash
2022-01-09 17:28:30
O‘quvchilik davrimizda shunday o‘rgatishgan:

"Bolalar, unutmang, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida 2 ta oltin qoida bor.
1. O‘qituvchi doim haq!
2. Agar o‘qituvchi bilan tortishib qolsangiz, birinchi qoidaga qarang!"


https://t.me/ustozlar_uchun
7.2K views14:28
Ochish/sharhlash
2022-01-09 07:48:14 ​​#Rasman

Maktablarda ham qishki taʼtil 2022-yilning 24-yanvariga qadar uzaytirildi

Hurmatli ota-onalar!

Xalq taʼlimi tizimidagi direktor, direktorning oʻquv va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari hamda pedagog-oʻqituvchilarning xalqaro standartlar asosida ishlab chiqarilgan Milliy oʻquv dasturlari asosida malakalarini oshirish kurslarini tashkil etish, shuningdek, oʻquvchi - yoshlar oʻrtasida mavsumiy gripp kasalligining keskin koʻpayishining oldini olish maqsadida xalq taʼlimi vazirligi qishki taʼtil kunlarini 2022-yil 24-yanvarga qadar uzaytirilganini maʼlum qiladi.


Taʼtil kunlari davomida, oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ular uchun onlayn fan olimpiadalar, intellektual oʻyinlar, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan bellashuvlar va turli tanlovlar tashkil etiladi.

Bundan tashqari xalq taʼlimining ijtimoiy tarmoqlari hamda Milliy teleradiokompaniyaning telekanallari orqali turli toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.


https://t.me/ustozlar_uchun
31.4K views04:48
Ochish/sharhlash
2022-01-08 08:48:10
#attestatsiya

Pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun pedkadr.tdi.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoyo‘riqnoma

Videoyo‘riqnomani yuqori sifatda Youtube(HD) orqali ko‘rish:



Ta'lim inspeksiyasi


https://t.me/ustozlar_uchun
5.4K views05:48
Ochish/sharhlash
2022-01-08 07:51:20
#Биласизми
Айрим педагогларга аттестациясиз малака тоифаси берилади

Таълим ташкилотларининг қуйидаги педагогларига малака тоифаси аттестациядан ўтказилмасдан тўғридан-тўғри берилади:

тумандаги спорт мусобақаларида 1-ўринни олган ўқувчиларни тайёрлаган жисмоний тарбия ўқитувчилари – 2-малака тоифаси (катта ўқитувчи);

вилоятдаги спорт мусобақаларида 1-ўринни олган ўқувчиларни тайёрлаган жисмоний тарбия ўқитувчилари – 1-малака тоифаси (етакчи ўқитувчи);

халқаро ва республика спорт мусобақаларида 1-,2-,3-ўринни олган ўқувчиларни тайёрлаган жисмоний тарбия ўқитувчиларига – олий малака тоифаси (бош ўқитувчи лавозими);

халқаро математика, физика, кимё, биология информатика олимпиадаларида олтин, кумуш ёки бронза медаль совриндорларини тайёрлаган ўқитувчиларга – олий малака тоифаси (бош ўқитувчи).


https://t.me/ustozlar_uchun
6.7K views04:51
Ochish/sharhlash
2022-01-07 18:07:48
#Bilasizmi

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagog, psixolog va kutubxona xodimlariga quyidagi ishlar uchun bazaviy tarif stavkalariga 40 foizgacha ustama beriladi:

tarbiyaviy jarayon sifati va samaradorligi;
sinfdan tashqari ishlar hamda o‘quvchilarni insonparvarlik va mehr-oqibat ruhida tarbiyalash;
ta’lim standartlaridagi bilimlar va ko‘nikmalarning o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirish darajasi;
o‘quv jarayoniga qo‘shilgan aniq hissa;
o‘qitishning yuqori samaradorligi va sifati.


https://t.me/ustozlar_uchun
2.8K views15:07
Ochish/sharhlash
2022-01-07 09:49:57 ​​ Куп учраётган саволларга жавоб берамиз.

Онлайн олимпиадада иштирок этиш учун барча таълим муассасалари ўқувчилари oo.uzedu.uz сайт орқали рўйхатдан ўтишади ва рўйхатдан ўтган ўқувчи онлайн олимпиадаларни мувофиқлаштирувчи мактаб масъули томонидан тасдиқланади. Мактаб масъули томонидан тасдиқланмаган ўқувчилар олимпиадада иштирок эта олишмайди.

Баъзи ўқувчилар олдин рўйхатдан ўтган, лекин ҳозирда логин ва паролларини унутган бўлиши мумкин, бундай ҳолда ўқувчилар ўз таълим муассасаси масъулига мурожаат қилишлари керак бўлади. Масъуллар ўз таълим муассасаси номидан рўйхатдан ўтган ўқувчиларнинг логин ва паролларини аниқлаш имкониятига эга.

Онлайн олимпиадаларда барчага омад тилаймиз!


https://t.me/ustozlar_uchun
4.3K views06:49
Ochish/sharhlash
2022-01-07 07:17:18
Juma Muborak
ushbu kunning har bir daqiqasi Allohning marhamati bilan to'lgan kundir


https://t.me/ustozlar_uchun
4.8K views04:17
Ochish/sharhlash
2022-01-05 06:23:08 ​​ III чоракда қайси фанларнинг ўтилишида ўзгаришлар бўлади?

Умумий ўрта таълим мактаблари учун 2021-2022 ўқув йилига мўлжалланган таянч ўқув режага кўра:


1-синфларда 1-2-чоракларда ҳафтасига 4 соат "Алифбе", 4 соат "Ёзув" ўқитилган, ўрнига 3-4-чоракларда ҳафтасига 8 соат "Она тили ва ўқиш саводхонлиги" фани ўқитилади;

7-8-9-синфларда "Ўзбекистон тарихи" фани ўқув йилининг 1-2-чоракларида ҳафтасига 1 соатдан ўқитилган, 3-4-чоракларда ҳафтасига 2 соатдан, "Жаҳон тарихи" фани ўқув йилининг 1-2-чоракларида ҳафтасига 2 соатдан ўқитилган, 3-4-чоракларида ҳафтасига 1 соатдан ўқитилади;

Жисмоний тарбия фани спорт зали мавжуд бўлмаган мактаблар учун декабрь, январь ва февраль ойларида 1-11-синфларда ҳафтасига 1 соатдан ўқитилади.


https://t.me/ustozlar_uchun
10.1K views03:23
Ochish/sharhlash