Get Mystery Box with random crypto!

​​ Rasmiy munosabat Sinfdagi barcha o‘quvchilarga qo‘l ko‘ta | Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL

​​ Rasmiy munosabat

Sinfdagi barcha o‘quvchilarga qo‘l ko‘targan buxorolik o‘qituvchi o‘z hohishiga ko‘ra lavozimidan ozod etildi, o‘rganish ishlari davom etmoqda

Joriy yilning 15-noyabr kuni Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahrida 4-maktabda o‘qituvchi o‘quvchilarni kaltaklab dars o‘tayotganligi haqidagi video tarqalgan edi.

Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan maxsus ishchi guruhi tuzilib, o‘rganish jarayonlari boshlab yuborilgani haqida avvalroq xabar berilgandi.

Hozirda oʻz pedagogik faoliyatini bajarishda qo‘pol xatolikka yo‘l qo‘yganligi uchun maktab o‘qituvchisi o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etilganlgini ma’lum qilamiz.

Ushbu holat Buxoro viloyatida favqulotda vaziyat sifatida baholanib, shu kunning o‘zida viloyat hokimi o‘rinbasari Mirali Hamroyev rahbarligida xalq ta’limi bo‘limlari mudirlari, maktab direktorlari ishtirokida ZOOM orqali yig‘ilish o‘tkazilib, bu holat keng muhokama qilindi. O‘qituvchilarning pedagogik madaniyatini oshirish va bunday xunuk holatlarning oldini olish borasida qat’iy topshiriqlar berildi.

Hozirda holat bo‘yicha o‘rganish ishlari huquq-tartibot idoralari hamkorligida davom etmoqda.


Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati


https://t.me/ustozlar_uchun