Get Mystery Box with random crypto!

Senda har kuni muammo bo’ladi. Ba’zida ish, ba’zida o`qish yok | Usmonxon Mavlonov || Blog

Senda har kuni muammo bo’ladi. Ba’zida ish, ba’zida o`qish yoki boshqa sohada. Senda fikr o’tadi: shu muammolarni hal qilishim kerak, shundan keyin hammasi yaxshi bo’lib ketadi deb. Aslida esa muammo hech qachon tugamaydi.

Shuning uchun eng asosiy narsa muammolarni zavq bilan va boshqa qaytarilmaydigan tarzda hal qilish bo’ladi(deb o’ylayman). Muammolardan zavqlanish uchun bir muammodan boshqasiga o’tish, o’zgarishlar bo’lishi kerak.

Hal qilgan muammoyingiz qayta takrorlanmasligi uchun esa quyidagi narsalarga amal qilish kerak:

1. Muammo aslida nima sababli kelib chiqqan?
2. Muammoning egasi, sababchisi, hal qiluvchisi kim, umuman olganda butun jarayonda kimlar ishtirok etadi? Ular nima xohlashyapti?
3. Muvaffaqiyat kriteriyasi nima? Qanday holat muammoning hal qilinganini bildiradi?
4. Qanday cheklovlar bor: vaqt, pul, resurs bo’yicha. Eng asosiysi bu joyda muammo egasi nuqtayi nazaridan qaray olish kerak.(Muammo sababchisi va uning egasi ko’pincha boshqa boshqa bo’ladi)

P.S: Man misol uchun yaqinda 4-punkga amal qilolmadim, muammo egasiga vaqt eng asosiy bo’lgan joyda boshqa resursni tejash harakatida bo’ldim.