Get Mystery Box with random crypto!

'Gazenergiktaʼmir' ICHTK xodimlari Tuleyda Korxonaning Nazora | URGANCHTRANSGAZ_INFO

"Gazenergiktaʼmir" ICHTK xodimlari Tuleyda

Korxonaning Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika xizmati mutaxassislari Tuley MGQBning “A” kompressor sexidagi avtomatik boshqaruv tizimlarida sozlash, taʼmirlash hamda kabellarni yangilash ishlarini olib bormoqda. Xususan, ulanish tarmog‘idagi ochib-yopish moslamalarini bosh boshqaruv shiti (GSHU) orqali masofadan boshqaruv tizimi faoliyatining qayta tiklanishi natijasida kompressor sexlarini va gaz transport tizimi faoliyatining operativ harakatlarini tezkorlik bilan amalga oshirishga erishiladi. Hozirda, kompressor sexlaridagi avtomatik boshqaruv qurilmalarini taʼmirlash ishlari rejaga muvofiq davom ettirilmoqda.

Maʼlumot o‘rnida: Tuley MGQB “A” kompressor sexi 1970-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, uzoq vaqt davomida ekspluatasiya qilingani tufayli avtomatik boshqaruv qurilmalari va kabellarini butunlay yangilash zarurati paydo bo‘lgandi.

UTG.UZ|Facebok|Instagram|YouTube|Telegram