Get Mystery Box with random crypto!

​ ABITURIYENTLAR DIQQATIGA! O‘zbekiston Respublikasi Preziden | "Biz yangi zamon arxitektor va konstruktorlarimiz"

ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-289-sonli qaroriga asosan, pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va ularda boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy qilgan holda zamonaviy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, yuqori malakali professional kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga ko‘tarish, shuningdek, pedagogika sohasida ta’lim, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsadida:

Urganch davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Urganch davlat pedagogika instituti tashkil qilinishini inobatga olib, quyida keltirilgan Urganch davlat universiteti bakavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga 2022/2023 o‘quv yili qabulida 1-kursga qabul qilinadigan talabalar Urganch davlat pedagogika institutida o‘qishini boshlashlarini maʼlum qilamiz.

Urganch davlat pedagogika institutiga o‘tadigan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar:

Ta’lim yo‘nalishlari
:

60110100 – Pedagogika
60110200 - Maktabgacha ta’lim
60110500 - Boshlang‘ich ta’lim
60111200 - Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
60111300 - Musiqa ta’limi
60111400 - O‘zbek tili va adabiyoti
60111700 - O‘zga tilli guruhlarda rus tili
60111800 - Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
60112100 - Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
60112200 - Jismoniy madaniyat
60112300 - Texnologik ta’lim

Magistratura mutaxassisliklari:

70110101 - Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo‘yicha)
70110201 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)
70110501 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
70111202 - Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi
70111301 - Musiqa ta’limi va san’at
70112201 - Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi
70112301 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim)

UrDU Qabul komissiyasi


UrDU Matbuot xizmati
@urdu_pressa