Get Mystery Box with random crypto!

"Biz yangi zamon arxitektor va konstruktorlarimiz"

Telegram kanalining logotibi urdu_texnika_talabalari — "Biz yangi zamon arxitektor va konstruktorlarimiz" B
Telegram kanalining logotibi urdu_texnika_talabalari — "Biz yangi zamon arxitektor va konstruktorlarimiz"
Kanal manzili: @urdu_texnika_talabalari
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 736
Kanalning ta’rifi

UrDu Texnika fakulteti kanaliga xush kelibsiz. Kanalimizda OTM miqyosidagi so‘ngi yangiliklar va Texnika fakultetining e'lonlaridan xabardor bo‘lib turasiz. Administrator:
@SayidovQahramon ga murojaat qilishingiz mumkin.

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-07-08 15:24:53ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-289-sonli qaroriga asosan, pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va ularda boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy qilgan holda zamonaviy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, yuqori malakali professional kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga ko‘tarish, shuningdek, pedagogika sohasida ta’lim, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsadida:

Urganch davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Urganch davlat pedagogika instituti tashkil qilinishini inobatga olib, quyida keltirilgan Urganch davlat universiteti bakavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga 2022/2023 o‘quv yili qabulida 1-kursga qabul qilinadigan talabalar Urganch davlat pedagogika institutida o‘qishini boshlashlarini maʼlum qilamiz.

Urganch davlat pedagogika institutiga o‘tadigan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar:

Ta’lim yo‘nalishlari
:

60110100 – Pedagogika
60110200 - Maktabgacha ta’lim
60110500 - Boshlang‘ich ta’lim
60111200 - Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
60111300 - Musiqa ta’limi
60111400 - O‘zbek tili va adabiyoti
60111700 - O‘zga tilli guruhlarda rus tili
60111800 - Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
60112100 - Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
60112200 - Jismoniy madaniyat
60112300 - Texnologik ta’lim

Magistratura mutaxassisliklari:

70110101 - Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo‘yicha)
70110201 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)
70110501 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
70111202 - Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi
70111301 - Musiqa ta’limi va san’at
70112201 - Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi
70112301 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim)

UrDU Qabul komissiyasi


UrDU Matbuot xizmati
@urdu_pressa
283 views𝓜𝓲𝓻𝓶𝓾𝓱𝓼𝓲𝓷 𝓚𝓾𝓻𝓫𝓪𝓷𝓸𝓿, 12:24
Ochish/sharhlash
2022-07-06 19:59:35
Архитектура, қурилиш ва шаҳарсозлик масалалари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.
Лойиҳалаш ва қурилиш ишлари бўйича янги тизим жорий этилиши белгиланди. Ҳудудларнинг Бош режаси ва “мастер режа”ларини ишлаб чиқиш бўйича Республика кенгаши тузилади, Қурилиш вазирлигида Бош архитектор лавозими жорий қилинади.
Шаҳарсозлик қоидаларини такомиллаштириш ҳамда халқаро меъёрларга мослаштириш зарурлиги таъкидланди.
Вилоят ҳокимликлари қошидаги Ягона буюртмачи компаниялар фаолияти таҳлил қилинди.

Состоялось видеоселекторное совещание по вопросам архитектуры и градостроительства.
Определено внедрение новой системы регулирования проектирования и строительных работ. Будет создан Республиканский совет по разработке генеральных и мастер-планов регионов, в Министерстве строительства вводится должность Главного архитектора.
Подчеркнута необходимость совершенствования градостроительных правил и приведения их в соответствие с международными нормами.
Проанализирована деятельность компаний единого заказчика при хокимиятах областей.

#Mirziyoyev #videoselektor #qurilish #shaharsozlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
395 views𝓜𝓲𝓻𝓶𝓾𝓱𝓼𝓲𝓷 𝓚𝓾𝓻𝓫𝓪𝓷𝓸𝓿, 16:59
Ochish/sharhlash
2022-07-06 17:57:25
Yana ikkita oliygoh akademik va moliyaviy mustaqil boʻladi

Yig'ilish davomida sohada kadrlar tayyorlash tizimini oʻzgartirish vazifalari ham belgilandi.

Bunda Toshkent va Samarqand arxitektura-qurilish institutlari faoliyati transformatsiya qilinadi, ularga akademik va moliyaviy mustaqillik beriladi. Endi:

- Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti urbanizatsiya, arxitektura, dizayn, madaniy meros obyektini tiklash;

- Toshkentdagi institut muhandislik, arxitektura, qurilish va qurilish materiallari texnologiyalari, raqamli qurilish yoʻnalishlariga ixtisoslashadi.

Talabalar yetakchi loyiha-qidiruv institutlari va qurilish klasterlariga biriktiriladi.

Shuningdek, ushbu ikki oliygohda 1-sentabrdan xalqaro taʼlim dasturlari asosida oʻqitishni yoʻlga qoʻyishga koʻrsatma berildi.

Bizni kuzating: @eduuz
330 views𝓜𝓲𝓻𝓶𝓾𝓱𝓼𝓲𝓷 𝓚𝓾𝓻𝓫𝓪𝓷𝓸𝓿, 14:57
Ochish/sharhlash
2022-07-06 13:30:33
DIQQAT TANLOV!

Urganch davlat universiteti talaba-yoshlari o‘rtasida “Yoshlar giyohvandlikka yoʻq deydi” mavzusida rasmlar va insholar tanlovini oʻtkazilishini maʼlum qilamiz.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan talabalar ijodiy ishlarini Urganch davlat universiteti asosiy bino 2-qavatidagi 238-xonaga Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga (elektron variantini @UrDU_MMB) topshirishlari lozim.

Eslatma: ijodiy ishlar 2022-yil 20-iyulga qadar qabul qilinadi.

UrDU Matbuot xizmati
@urdu_pressa
319 viewsSayidov Q.B., 10:30
Ochish/sharhlash
2022-07-05 09:23:30 #UrDU|#Qabul_2022

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIGA
MARHAMAT!

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI:

Moliyaviy va akademik mustaqillikka ega;
12 ta fakultet, 42 ta kafedra mavjud;
65 ta yoʻnalishda bakalavr bosqichida;
23 ta yoʻnalishda ta’limning sirtqi shaklida;
31 mutaxassislikda magistratura bosqichida malakali kadrlar tayyorlab kelmoqda;
1102 nafar professor-oʻqituvchilar 30 mingdan ortiq talabalarga ilm-fan sir-asrorlaridan taʼlim bermoqda;
98 ta xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.

Urganch davlat universiteti Matbuot xizmati
368 viewsSayidov Q.B., 06:23
Ochish/sharhlash
2022-07-05 09:22:16
#UrDU|#Qabul_2022

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIGA MARHAMAT!

Urganch davlat universiteti Matbuot xizmati

UrDU Matbuot xizmati
@urdu_pressa
314 viewsSayidov Q.B., 06:22
Ochish/sharhlash
2022-07-04 15:37:24 Diqqat E’lon!

Assalomu alaykum hurmatli bitiruvchilar. Xorazm viloyati xokimining bitiruvchilar bilan uchrashuvlari reja-grafigi e’lon qilindi. Uchrashuvda ishtirok etishlaringiz juda muhim. Mutaxassisligingiz bo‘yicha ish bilan ta’minlanishingiz kafolatlanadi.

@UrDU_YOSHLAR_RASMIY
371 views𝓜𝓲𝓻𝓶𝓾𝓱𝓼𝓲𝓷 𝓚𝓾𝓻𝓫𝓪𝓷𝓸𝓿, 12:37
Ochish/sharhlash
2022-07-04 15:10:01
#BIR_XALQ

Sen mening makonim, vujudim, vatanim

Video made by Millat Production

Bizni kuzating: @eduuz
336 views𝓜𝓲𝓻𝓶𝓾𝓱𝓼𝓲𝓷 𝓚𝓾𝓻𝓫𝓪𝓷𝓸𝓿, 12:10
Ochish/sharhlash
2022-07-04 14:42:05
2022 йил 4 июль куни Хоразм телевиденияси оркали эфирга узатилган "Ассалом Хоразм" курсатувида Техника факультети тьютори Э.Каримов ва иктидорли талаба, спортнинг каратэ тури буйича кора белбог сохиби, 191-Арх.гурухи талабаси Юлдашев Жавохирлар чикиш килдилар.
386 viewsSayidov Q.B., 11:42
Ochish/sharhlash
2022-07-02 13:07:54
448 viewsSayidov Q.B., 10:07
Ochish/sharhlash