Get Mystery Box with random crypto!

UmiD's BloG

Telegram kanalining logotibi umidthebestlawyer_channel — UmiD's BloG U
Telegram kanalining logotibi umidthebestlawyer_channel — UmiD's BloG
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 48
Kanalning ta’rifi

😊| Eng zo'r
😇| Eng kreativ
🤗| Eng ishonchli
Xullas, eng zo'rlar uchun maxsus blog marhamat xush ko'rdik 🤗
🙃| Tarqalib ketmasina
https://socprofile.com/umidthebestlawyer

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-06-23 22:20:44
Hozirgi zamon qanaqa
Savol berdi shumbola
Sen soʻrama men aytmay
Videoni ko'r quruq ketmay


Erkin Bozorovdan jamiyat uchun yana bir muammoga yechim.

P.s 4 qator jumlani hozir videodan kelib chiqib yozdim

@Umidthebestlawyer_channel
44 viewsUmidthebestlawyer, 19:20
Ochish/sharhlash
2022-06-23 21:17:04
Shunchaki 1tasini tanlang
Anonymous Poll
86%
30.03.2003
14%
09.05.2002
14 voters45 viewsUmidthebestlawyer, 18:17
Ochish/sharhlash
2022-06-23 20:15:31
Халқимиз бойиб кетди, ҳаммада кондиционер – Энергетика вазирлиги расмийси

@Umidthebestlawyer_channel
38 viewsUmidthebestlawyer, 17:15
Ochish/sharhlash
2022-06-14 19:32:58
Ўзиз бирор марта пора берганмисиз?

Жавоб...

@Umidthebestlawyer_channel
56 viewsUmidthebestlawyer, 16:32
Ochish/sharhlash
2022-06-13 11:43:55
Ko'zgu
Shunchaki ko'ramiz...

@Umidthebestlawyer_channel
61 viewsUmidthebestlawyer, 08:43
Ochish/sharhlash
2022-06-12 15:42:10 Assalomu aleykum barchangizga xayrli kun men ijodni boshladim

Oldindan uzr so'rayman kecha yozaman degandim ammo Dramatik kechgan futbol uchrashuvi o'zgacha emotsiyalarni taqdim etdi. Xullas gapni cho'zmagan holda boshladik...

So'zim boshida shuni ta'kidlashim kerakki, universitetda ishlayotganim o'zimga juda ko'p "plyuslar" ni berdi. Ya'ni bu singari katta masshtabli yig'ilishlar, mitinglar va uchrashuvlar men kabi yoshdagilarni aniq ko'zlarini "ochib yuboradi" (negativ kerakmas yaxshi ma'noda aytyapman). "O'zbekistonning hozirgi kundagi Xalq ta'limining vaziyati juda ham og'ir" - deya gap boshladi Baxtiyor Odilovich (shu o'rinda bilmaganlar aytib o'tay Saidov Baxtiyor Odilovich - Xalq ta'limi vaziri). Yaqinda respublikadagi maktab bitiruvchilari o'rtasida Davlat test markazi bilan hamkorlikda sinov jarayonlari o'tkazilibdi. 100 shkalada baholanadigan testlar va bitiruvchilar bahosi... Oldindan bilardim ko'rsatkichlarim ancha passiv lekin ularga berilgan baho 20. Tasavvur qilyapsizmi 20 baho. Bu hattoki 50 yoki 30 ham emas. Bu nima dalolat? Ayb kimda? Bu kabi savollarga javobni barchamiz bilamiz ammo, doimgidek qo'l qovushtirib o'tirishdan nariga o'ta olmaymiz.

Vazirning aytishicha hozirgacha 900 maktabga tashrif buyuribdi. Ko'rsatkich eng yuqori Navoiy viloyati, eng past esa Qashqadaryo va Surxondaryo (shu joyi yoqmadida ). Vazirlik bitiruvchilar o'rtasida "Qaysi kasb egasi bo'lmoqchisiz" mavzusida so'rovnoma o'tkazibdi. Ularning aksariyati 5ta kasb: o'qituvchi, shifokor, harbiy, tadbirkor va huquqshunos bo'lishni istashini bildirishibdi. Respublikaning faqat 2ta Andijon va Farg'ona viloyatlarida maktabda injener (muhandis) bo'lmoqchiman javobi bor ekan. Bu bilan nima demoqchiman maktab o'quvchilarini kasbiy ta'limga bo'lgan qiziqishlarini oshirish kerak. Ularning dunyoqarashlari borgan sari tor bo'lib ketmoqda.

Surxondaryoning Angor va Denov tumanlariga tashrifim chog'ida informatika xonalariga kirdim va kompyuterlarning usti bo'z (qalin oq rangli mato) bilan yopiq turganiga guvoh bo'ldim. Har bir maktabga borganimda qaysi dars bo'lishidan qat'iy nazar men 40-45 daqiqamni ayamasdan o'quvchilarga dars o'tdim. Bir kuni kimyo darsiga kirdim. O'quvchilarga bir savol bilan yuzlandim kimyo faniga oid nechta kasb egalarini sanab bera olasilar deganimda ular faqatgina: shifokor, o'qituvchi va laborant deya javob berdi. Bu savolni o'qituvchisiga ham berdim nari borsa o'zining fanida oid 5ta kasb egasini sanab berdi xolos. Shu o'rinda achchiq bo'lsa ham biz o'qituvchilar juda ham dangasa bo'lib qoldik - deydi vazir. Naqadar achinarli holat-a


Bundan ham ko'p fikrlarni yozishim mumkin edi ammo fikrimni shu yerda to'xtatishga majburman. Shu yergacha erinmasdan o'qib chiqqaningiz uchun tashakkur. Xullas ta'limda qiladigan ishlarimiz hali talaygina. Zero yurtboshimiz aytganlaridek "Najot - ilmda!"

Shaxsiy dunyoqarash va fikrlar majmuasi, muallif esa kamina @Umidthebestlawyer

@Umidthebestlawyer_channel
46 viewsUmidthebestlawyer, edited  12:42
Ochish/sharhlash
2022-06-11 14:16:13 Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Odilovich Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professor-o'qituvchilari bilan uchrashuv oʻtkazmoqda.

Uchrashuvdan olgan taassurotlarimni kechga yaqin yozib qoldiraman. Sizlarga jarayonda qatnashgan inson sifatida ayta olamanki gaplarim hayratlanarli

@Umidthebestlawyer_channel
42 viewsUmidthebestlawyer, edited  11:16
Ochish/sharhlash