Bilishingiz lozim bo‘lgan 10 ta haqiqat Birinchi haqiqat: | Umidbek Abilov
Bilishingiz lozim bo‘lgan 10 ta haqiqat
Birinchi haqiqat: Ijtimoiy zulmning eng ashaddiysi, ota-ona o‘zining betavfiq o‘g‘liga soliha kelin axtarishidir.
Ikkinchi haqiqat: Johil, bu o‘qish va yozishni bilmaydigan kimsa emas, haqiqiy johil, bu qiblaning qayerda ekanligini bilib, namoz o‘qimaydigan kimsa.
Uchinchi haqiqat: Uchta narsa ortga qaytmaydi: Og‘izdan chiqqan so‘z... O‘tgan vaqt... Yo‘qolgan ishonch...
To‘rtinchi haqiqat: Hayot misli katta bozor. Unda oralab yurib, o‘zingizga keragini olasiz. Lekin, shuni bilingki, oldingizda hisob-kitob turibdi, olgan hamma narsangizni haqqini to‘laysiz.
Beshinchi haqiqat: Ota-onangizga qilayotgan munosabatingiz siz yozayotgan kitobdir, ertaga farzandlaringiz uni o‘zingizga o‘qib beradilar.
Oltinchi haqiqat: Sizdan narsasini berkitayotgan kishidan u haqda so‘rashingiz odobdan emas. Chunki, odatda sizga oshkor bo‘lmagan narsa, sizga xos emas.
Yettinchi haqiqat: O‘lim sizni o‘nglanishingizni kutib turmaydi, balki siz o‘nglanib o‘limni kuting.
Sakkizinchi haqiqat: Mazlum kimsaning "hasbiyallohu va ni’mal vakil" (Alloh menga kifoya qiladi va u yaxshi vakildir) degan so‘zining ma’nosini bilasizmi? U hukm daftarini yerdan osmonga ko‘chirdi deganidir.
To‘qqizinchi haqiqat: Ba’zilar Alloh taolo muhofaza qiluvchilarning eng yaxshisi ekanligidan ko‘ra, ko‘z tegishi haq ekanligiga ko‘proq imon keltiradilar.
O‘ninchi haqiqat: Soqov Allohning Kitobini tilovat qilishni orzu qiladi. Kar Uni eshitishni orzu qiladi. Ko‘r Unga qarashni orzu qiladi. Bizni esa, telefonlarimiz halok qilayozdi.
Manba: Sirli_uzz
Do'stlarga ham ulashing
https://t.me/joinchat/Vwrdpjd4JYxN5tg4