Get Mystery Box with random crypto!

​#МULOHAZA ... Ishdan uyiga qaytganda ayoli bilan har galgida | Umidbek Abilov

​#МULOHAZA

... Ishdan uyiga qaytganda ayoli bilan har galgidan ko‘ra qattiqroq JANJAL bo‘ldi...
Lekin, bu safar ayol "taloq" berishini talab qildi... Uni talabiga binoan cho‘ntagidan qog‘oz-qalam chiqarib bir nimalarni yozdi va uni konvert ichiga solib, ayoliga tutqazdi...

... Gʻazabi kelib, uydan ZARDA bilan chiqib ketdi.

Ayol unga nima yozilganini bilmasdi...
Ochib ko‘rishga yuragi dosh bermas, bir zumda nimalar qilib ko‘yganini, endi qayerga, kimnikiga borishini, hayotini qanday davom ettirishini o‘ylab dahshatga tushdi...
O‘zi istamagan holda hayotini barbod etganini his qilib, oyoq - qo‘lari bo‘shashib, holsiz yiqildi. U shunday KARAXT holida ko‘p o‘tirdi...
Nogoh eshik ochilib eri kirib keldi...

Biror so‘z demasdan o‘z xonasiga kirdi. Ortidan ayol ham kirib bordi...

... Xafa, siniq ovozda: Olim kishilardan fatvo so‘rashni, qilgan ishidan afsusda ekanligini, talog‘ini talab qilishni istamaganini, bilmasdan og‘zidan chiqib ketganini aytdi...
Eri:
- Qilgan ishingdan afsusdamisan..? - dedi.
Ayol:
-Ha, ha, afsusdaman. Judayam afsusdaman... Qasam ichaman, taloqni nazarda tutmagandim,- dedi.
Shunda eri:
- Konvertni ochib xatni o‘qi, - dedi...

Unda shunday yozilgandi:
~ «Men, falonchiyev falonchi, aqlu - xushim joyida bo‘lgan holda shuni yozmoqdaman: Ayolimdan nima bo‘lgan taqdirda ham hech qachon ajrashmayman. Uni hech qachon tashlab ketmayman...
Undan boshqasiga uylanib yashashni istamasligim muqarrar..»,

... Ayolning ko‘z yoshlari sizilib chiqib yonoqlarini yuvib tushdi. Boshini ko‘tarib erining yuziga karashga JUR’AT topolmadi...
Eri:
- Har doim ham mushkillarimiz taloq bilan hal bo‘lmaydi. Lekin o‘zaro muhabbat, mehr-oqibat bilan masalalarni yechsa bo‘ladi, - dedi.

Ibrat:

Agar ayolingiz g‘azabingizni keltirsa, Allohni eslang...!
Gʻazabni boshqara olishga ayol kishidan ko‘ra ko‘proq qodir ekanligingiz uchun, taloq berish huquqini Alloh ungamas, sizga berdi...

Agar eringiz g‘azabingizni keltirsa, Allohni eslang...!
Er kishidan ko‘ra ko‘proq sabr qila olganligingiz uchun Alloh jannatni sizning oyoqlaringiz ostiga qilib qo‘ydi...

Hayotingizni GO‘ZAL o‘tkazish ikkingizning qo‘llaringizda...
Shu ozgina hayotni do‘zaxga aylantirmay, chiroyli yashang...
Sizdan nima ketdi..!?

Do'stlarga ham ulashing
https://t.me/joinchat/Vwrdpjd4JYxN5tg4