Get Mystery Box with random crypto!

Hayot nima? - Ulkan bir bozor... Unda jamdir dilkash, dilozo | Tanqid va Tahlil

Hayot nima?
- Ulkan bir bozor...
Unda jamdir dilkash, dilozor...

Odamlarchi?
- Zo‘r savdogarlar...
Mehr sotar, yoki sitamlar...

Umr nima?
- Yil fasllari...
Bahorda ochilib...., Kuz-xazonlari....

Unda vaqtchi?
- Shamolday uchqur...
Dami o‘tkir hanjar millari...

Sabr nima?
- Baland bir qoya....
Cho‘qqisin zabt etmoq, mushkul bir g‘oya...

Toqatningchi? - Bormi bahosi?
Unga tengdir Jannat sabosi....

Ota-ona qanday moʻjiza?
Suv va havo, ular moʻjiza..!

Do‘stu-yorga berasizmi ta’rif?
- Qalb haqida mumkinmi tavsif?!

Vo ajabkim, savollar bisyor...
- Sharxlamoqchi?
- Sizda ixtiyor...

Jaloliddin Rumiy


https://t.me/TVT_BLOG