Get Mystery Box with random crypto!

Tanqid va Tahlil

Telegram kanalining logotibi tvt_blog — Tanqid va Tahlil T
Telegram kanalining logotibi tvt_blog — Tanqid va Tahlil
Kanal manzili: @tvt_blog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8
Kanalning ta’rifi

Oʻzimni ham rivojlantirib,
Balki foydam tegar Sizga ham...
Loyihamiz: 👉 @Al_Afasiy_Quran_bot 👈
Instagram: 👉 instagram.com/tvt_blog 👈
Murojaatlar uchun: 👉 @tvt_blog_bot 👈

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-10-06 09:02:28 Kecha 'Green card' lotereyasi boshlandi.
Omadingizni sinab ko‘ring!

@TVT_BLOG
1 viewedited  06:02
Ochish/sharhlash
2022-10-05 07:46:49 Hayot nima?
- Ulkan bir bozor...
Unda jamdir dilkash, dilozor...

Odamlarchi?
- Zo‘r savdogarlar...
Mehr sotar, yoki sitamlar...

Umr nima?
- Yil fasllari...
Bahorda ochilib...., Kuz-xazonlari....

Unda vaqtchi?
- Shamolday uchqur...
Dami o‘tkir hanjar millari...

Sabr nima?
- Baland bir qoya....
Cho‘qqisin zabt etmoq, mushkul bir g‘oya...

Toqatningchi? - Bormi bahosi?
Unga tengdir Jannat sabosi....

Ota-ona qanday moʻjiza?
Suv va havo, ular moʻjiza..!

Do‘stu-yorga berasizmi ta’rif?
- Qalb haqida mumkinmi tavsif?!

Vo ajabkim, savollar bisyor...
- Sharxlamoqchi?
- Sizda ixtiyor...

Jaloliddin Rumiy


https://t.me/TVT_BLOG
4 viewsedited  04:46
Ochish/sharhlash
2022-10-04 15:32:34 "Bu bizning yerimiz" deyishdi ba'zilari,
"Bu bizning yerimiz" deyishdi boshqalari,
Yer esa past ovozda dedi: 
"Sizlarning barchalaringiz menikisiz va albatta bir kuni menga qaytasiz..

https://t.me/TVT_BLOG
4 viewsedited  12:32
Ochish/sharhlash
2022-10-04 05:43:51
Тўрт кишидан ҳеч қачон аразламанг:

Отадан;
Онадан;
Ака-укадан;
Опа-сингилдан!

Тўрт нарсадан Аллоҳ таолонинг паноҳини тиланг:

Ғамдан;
Маҳзунликдан;
Ожизликдан;
Бахилликдан!

Тўрт кишига бағритошлик қилманг:

Етимга;
Мискингга;
Фақирга;
Беморга!

Тўрт нарсани тақинчоқ каби тақиб олинг:

Сабрни;
Ҳалимликни;
Илмни;
Саҳийликни!


Хайрли тонг!

https://t.me/TVT_BLOG
3 viewsedited  02:43
Ochish/sharhlash
2022-10-03 19:31:53 #ибрат

БУГУНГИ КУН УЧУН МОТИВАЦИЯЛАР:

Келдим, кўрдим, ғалаба қозондим.

Цезарь

️Ҳар доим ўзингиздан кучлилар орасида бўлинг! Қийналасиз, аммо ривожланасиз.

Уорен Бафет

Билгувчилар амал қилсин, тушунганлар сабоқ берсин.

Конфутсий

️Секин ҳаракат қилишдан қўрқманг, қотиб қолишдан қўрқинг.

Брюс Ли

️Имконият музқаймоққа ўхшайди, эриб кетмасидан олдин еб қолиш керак.

Бодо Шефер

Қўрқсанг бажарма, бажаряпсанми қўрқма, бажардингми ачинма!

Чингизхон


Ибрат Бекати - шифо излаган қалблар учун маҳсус канал
3 views16:31
Ochish/sharhlash
2022-10-02 19:45:06
— Пулингга диван сотиб олишинг мумкин, аммо уйқуни сотиб ололмайсан.
— Пулингга соат сотиб олишинг мумкин, лекин вақтни сотиб ололмайсан.
— Пулингга дори сотиб олишинг мумкин, аммо шифони сотиб ололмайсан.
— Пулингга китоб сотиб олишинг мумкин, бироқ ахлоқни сотиб ололмайсан.
— Пулингга таом сотиб олишинг мумкин, аммо иштаҳа сотиб ололмайсан.
— Пулингга кенг уй сотиб олишинг мумкин, лекин сокинлик, хотиржамлик сотиб ололмайсан.

@BIRINCHI_UZ
3 views16:45
Ochish/sharhlash
2022-10-02 10:18:03 Hayotiy Drabllar (qisqa hikoyalar)

​​Qiziga juda qimmatga marjon sotib olgandan keyin rasmiy moshinasiga oʻtirdi. Shu payt haydovchisi telefonda gaplashardi:
- Bolam, Alloh yetkazgunicha doʻkondan nasiyaga olib tur.


(Nima deyishni bilmadim.)

30 yil umrini kasalliklar yuqshidan ehtiyot boʻlib, qoʻrqib yashadi. Ayniqsa, saratonga chalingan, deyilganlardan oʻzini olib qochdi. Lekin u avtohalokat sabab vafot etdi.

(Taqdir)

Uylandi. Ayoli yoqmadi. “Sababi nima?”, deb soʻrashdi. “Mahramim haqida gapirmayman” dedi. Undan ajrashdi. “Nima sababdan?”, deb soʻrashdi. “Zimmamdan chiqqan ayol haqida gapirmayman”, dedi.

(Mardlik)

Faqir 3 ta apelsin sotib oldi. Birinchisini kesdi. Aynigan chiqdi. Tashlab yubordi. Ikkinchisini ham soʻydi. U ham chirigan ekan. Tashladi. Shamni oʻchirib, uchinchisini kesdi. Va yedi.

(Baʼzan yashab qolish
uchun majbur boʻlamiz)


Toʻyga borishdan oldin oilamga bir voqeani gapirib berayotgandim. Ustimga qahva toʻkilib ketdi. Hamma:
- Endi nima qilasan? Kiyimlaringga qara? - dedi.
Faqat onam...
- Bolam, hech narsa qilmadimi? Kuydirmadimi? - dedilar.


(Jannatim-onam)

Doʻst tanlashda eʼtiborli boʻling. Siz janoza namozingizda kimlar saf tortib turishini tanlayotgan boʻlasiz.

https://t.me/TVT_BLOG
3 viewsedited  07:18
Ochish/sharhlash
2022-10-01 20:41:38 Барча устоз-ўқитувчилар,
мударрис ва муаллимларга яна бир бор байрам табриги!

УСТОЗ БЎЛМАСА

Жаҳон ободлиги устоз биландир,
Дилда қарор бўлмас, устоз бўлмаса.
Камолот, кушуфот устоз биландир,
Ишда барор бўлмас, устоз бўлмаса.

Йўқдан олим бўлди отамиз Одам,
Ҳақдан таълим олди Сарвари олам,
Сабаб оламинда бул куни бекам
Илму анвор бўлмас, устоз бўлмаса.

Ҳар йўл, ҳар соҳанинг бир пири бўлур,
Эҳтиром дил аҳлин тадбири бўлур,
Ҳар ишда устознинг бир сири бўлур,
Кашфи асрор бўлмас, устоз бўлмаса.

Ҳикмат кўп илму фан, касбу корида,
Деҳқон кетмонида, дорбоз дорида,
Ошпазнинг бир сири – гармдорида,
Шогирд ҳушёр бўлмас, устоз бўлмаса.

Устоз қадрин билур ҳар қалби салим,
Ҳаёт дарсларидан бергайдир таълим,
Диллар ардоғида – азиз муаллим,
Кимса сардор бўлмас, устоз бўлмаса.

Маърифат, иқтисод, санъат турлари,
Осмон эшиклари, ер унсурлари,
Устоз-ла очилгай Қуръон сирлари,
Ҳадис ошкор бўлмас, устоз бўлмаса.

Пуштли, устозлидир ҳар бир синиқчи,
Беустоз муҳандис – оддий чизиқчи,
Устозсиз очилмас ҳатто қизиқчи,
Сухан тагдор бўлмас, устоз бўлмаса.

Ўзи ўсган дарахт мева бермагай,
Сурчи ўз тўйида сурнай чалмагай,
Сартарош ўз сочин ўзи қирмагай,
Уста саркор бўлмас, устоз бўлмаса.

Устоз кўрган зотлар ишга омилдир,
Заковат аҳлига бу сўз шомилдир,
Устознинг авлоси пири комилдир,
Дилда баҳор бўлмас, устоз бўлмаса.

Мирзо, ҳар кўнгилда ният бор бўлсин,
Ватан обод, эл ҳам бахтиёр бўлсин,
Покдил устозларга Тангри ёр бўлсин,
Ҳаёт гулзор бўлмас, устоз бўлмаса.

Мирзо Кенжабек

@TVT_BLOG
4 viewsedited  17:41
Ochish/sharhlash
2022-10-01 13:08:20
Бутун дунё тўхтатолмаётган одамни, қабр ичида тиз чўктирганлар бор.

@TVT_BLOG
4 viewsedited  10:08
Ochish/sharhlash
2022-10-01 05:46:25 Qadri bilinadi menga endi goh,
Olis maktabimning o’sha behasham…
Navoiy-ku bizga ustozdir, biroq
Kimlardir o’qitgan-ku Navoiyni ham.
Shunday buyuk zotga xarf o’rgatgan kim?...
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.
Tuproqdek xokisor, bezota jonlar,
Ammo qanotida tog’dek ulug’vor,
Ammo Temurdayin Sohibqironlar
Pirim deb , etgain o’pgan bor.
Qaysar joxongirga yo’l ko’rsatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Yo’qdan Beruniylar binolar qilgan,
Mashrapni mashhuri dunyolar qilgan,
Husaynni – Ibn Sinolar qilgan,
Iloh so’z o’rgatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Lekin bu hayot nish-sanchiqlardan,
Qoqilsa ko’targan qo’ltiqlaridan,
Otadek ezilgan g’ussaga botsa,
Boladek quvongan yutuqlaridan,
Uyquda shogirdin o’ylab yotgan kim?...
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Ulfat ko’p-u ammo bir do’sti hamroh —
Halim topolmadim undan halimroq.
Qancha ustoz ko’rdim, qancha oliygoh,
Olim topolmadim undan olimroq.
Bola yuragimda bеbaho tilsim —
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Yuzga kiraman mеn Xudo xohlasa—
Yuz yildan keyin bir mo’min o’rtog’im
Ko’zim yopib qo’ysa, jag’im bog’lasa,
So’nggi safar sari otlangan chog’im,
Faqat bir kimsadan bo’ladi qarzim,
Oddiy muallim-da, oddiy muallim

1 - Oktyabr Oʻqtuvchilar va murabbiylar kuni bilan barcha o‘qituvchilar, va murabbiylarni hamda boʻlajak ustozlarni chin dildan tabriklayman!

@TVT_BLOG
5 viewsedited  02:46
Ochish/sharhlash