Get Mystery Box with random crypto!

Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar: 'Tottenhem' APL tarixi | Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

"Tottenhem" APL tarixidagi eng kech kambekni (97-daqiqa) amalga oshirdi. Avvalgi rekord "Man.Siti" 3:2 "KPR" o'yinida (91:14) qayd etilgan edi

"Atletiko" "Real Sosedad"ga mag'lub bo'ldi va Ispaniya Kubogini tark etdi

Levandovski "Oltin to'p" haqida: "Men uchun doimo murabbiy va futbolchilar e'tirofi muhimroq"

"Nyukasl" Lingard bilan muzokaralar olib bormoqda. "MYU" uni tekinga qo'yib yubormaslik uchun qishda uni sotishi mumkin [Daily Mail]

Rangnik Ronalduning zaxiraga olinishiga reaksiyasi haqida: "Bu normal holat. Hujumchi gol urgisi keladi. Ammo u yaqindagina jarohatdan qaytdi "

Zidan yozda "PSJ" murabbiyiga aylanadi. Parijliklar bunga ishonishmoqda [Marca]

Alves Messi haqida: "U faoliyatini "Barsa"da yakunlasa yaxshi bo'lar edi. Bu Leo uchun ajoyib sovg'a"

"Everton" Runi va Lempard bilan muzokara o'tkazmoqda [The Telegraph]

Konte kambekdan so'ng: "Tottenhem" hech qachon taslim bo'lishni istamaydi. Hech qachon"

Joriy mavsum "Inter"ning jami 20ta futbolchisi gol urishga muvaffaq bo'ldi. Bu TOP5 chempionatlarda eng yuqori ko'rsatkich

Keyn klublar safidagi 250-golni urishga muvaffaq bo'ldi

"Brentford" murabbiyi: "1-bo'limda APLning eng kichik klubi eng katta jamoani yo'q qilib yubordi"

Ben-Arfa "Lill" a'zosiga aylandi

Messi JCH2022 saralashi doirasidagi Chili va Kolumbiyaga qarshi bahslarda Argentina termasi yig'iniga jalb etilmadi. Dibala, Di Mariya va Lautaro chaqiruv olishdi

Agar "MYU" Chempionlar ligasiga chiqa olmasa Ronaldu jamoani tark etishi mumkin. Uning maqsadi Xentoning rekordini zabt etish [As]

Depay "Atletik"ga qarshi bahsda "Barsa"ga yordam bera olmaydi. Breytueyt esa maydonga tushishi mumkin [Marca]

Kurtua charchoq sababli Ispaniya Kubogida "Elche"ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi. Beyl esa maydonga tushishi mumkin [Mundo Deportivo]

Ten Xag va Pochettino "MYU" murabbiyiligiga asosiy nomzodlar [Fabritsio Romano]

"Barselona" "Chelsi" himoyachisi Kristensen bilan muzokaralarni davom ettirmoqda [Diario Sport]

Rangnik qishda Lingard jamoadan ketishiga qarshi [ESPN]

Azar "Real"dan yana imkoniyat berilishini kutmoqda [Sky Sports]

Xavi: "Arauxo bilan shartnoma - "Barselona"ning asosiy maqsadi. U jamoa uchun muhim futbolchi"

Xavi: "Dembele yoki shartnomani uzaytiradi yoki klub uni sotib yuboradi. U jamoada qolmoqchi ammo bu uchun hech nima qilmayapti"

Jampaolo "Sampdoriya" bilan 2024-yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi

"Man.Yunayted" Marsial ijarasi uchun "Yuve"dan 12 mln yevro talab qilmoqda. Turinliklar bunga rozi emas [Sport Mediaset]

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan