Get Mystery Box with random crypto!

Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar: Tuhel: 'Chelsi' ruhan | Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

Tuhel: "Chelsi" ruhan va jismonan toliqdi. Shogirdlarimga biroz dam kerak, boshqa variant yo'q"

Umtiti jarohati bois 3 oy maydonga tusha olmaydi

Messi umumjamoa mashg'ulotlariga qaytdi

"Milan" "Tottenhem" futbolchisi Tanganga qiziqmoqda [Fabritsio Romano]

"Sevilya" himoyachisi Diyego Karlos "Nyukasl"ga o'tishni istamoqda [Sky Sports]

Gattuzo "Jenoa" murabbiyiga aylanishi mumkin [Alfredo Pedulla]

Tuhel futbolchilar tiklanishiga vaqt yetmayotgani haqida: "Tottenhem" bilan bahsga tayyorgarlik ko'rishimiz uchun bor yo'g'i ikki kun vaqtimiz bor"

Neymar: "Men qayerda o'ynayotganim va meni kim ekanim menga katta bosim yuklaydi. Bu bosimni ko'tarishimga to'g'ri kelmoqda. Hozir men ruhan kuchliman"

Verner: "Ba'zan "Chelsi" muxlislari meni bunchalik qo'llab-quvvatlashlarini tushuna olmayman. Garchi ayrim vaziyatlardan foydalana olmasam ham"

"Borussiya D" Germaniya kubogini tark etdi

Holand "Borussiya" safida 78 o'yinda 79 gol urdi

Allegri kubokdagi g'alabadan so'ng: "O'zimizga bo'lgan ishonchni qaytarmoqdamiz. Biz uchun natijalar gapirishi kerak"

Kolashinats "Marsel" klubi bilan shartnoma imzoladi

Dankan Fergyusson "Everton"da vaqtinchalik murabbiy lavozimida ishlaydi

"Roma" darvozaboni Olsen "Aston Villa"ga ijaraga o'tdi

"Yuventus" Marsialni ijaraga olishga qiziqmoqda. "MYU" Antonining maoshini to'liq qoplay oladigan jamoaga uni ijaraga bermoqchi [Sky Sports]

Levandovski Messi uni uchikka kiritmagani haqida: "Buni Leodan so'rang. Meni jahlim chiqqani yo'q. Bu uning qarori"

"PSJ" Mbappe qisqa muddatli shartnoma imzolashiga ishonmoqda. Muzokaralar davom etmoqda [ESPN]

"Arsenal" Vlahovich uchun 70 mln yevro taklif etishi kutilmoqda [La Nazione]

Sog'lig'idagi muammo tufayli Kyezaning operatsiyasi kechiktirildi [Sky Italia]

Kan: "Levandovski - fenomen. U bir maqsadga yetgach, keyingisiga intila boshlaydi"

2019/20-yilgi mavsum APL auditoriyasi 3,2 mlrd insonni tashkil etgan. Bu Chempionlar ligasidan ikki karra kattaroq ko'rsatkich

Rangnik Pogba haqida: "Uning mashg'ulotlardagi harakati menda umid paydo qilmoqda"

"Real" safida 6 karra Yevropa Chempionlar kubogini qo'lga kiritgan Madrid klubi afsonasi Xento 89-yoshida hayotdan ko'z yumdi. U jamoa safidagi sovrinlar bo'yicha mutloq rekordchi hisoblandi

Lovren Salahning yil ramziy termasiga kirmagani haqida: "U yerga kirish uchun nima qilish kerak ekan ? Balki Yevropa pasporti kerakdir"

Salah joriy mavsum gol+pas tizimida 25 ball bilan yetakchilik qilmoqda, keyingi o'rinlarda Levandovski va Benzema (24) kelmoqda

Santush The Best uchun so'rovnomada Ronalduni kuchli uchlikka kiritmadi

Dembele agenti: "Barselona" biz bilan muzokara o'tkazayotgani yo'q. Bu faqat mish-mish. Ular bizga faqat bosim qilmoqda"

Levandovski Jorjinyoni birinchi o'ringa qo'ygani haqida: "Bu yil uning uchun fantastik darajada o'tdi"

APLda koronavirus yuqtirish holatlari kamaya boshladi

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan