Get Mystery Box with random crypto!

Bugun – Oʼzbek tili bayrami kuni Davlatimiz rahbari tomonida | FARG'ONA JAMOAT SALOMATLIGI TIBBIYOT INSTITUTI O‘ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQI

Bugun – Oʼzbek tili bayrami kuni

Davlatimiz rahbari tomonidan 2020 yil 10 aprel kuni imzolangan qarorga ko'ra 21 oktabr "Oʼzbek tili bayrami kuni" etib belgilandi.


Bugun ushbu qutlug' ayyom munosabati bilan Farg'ona shahrida, o'zbek tili rivojiga ulkan xissa qo'shgan buyuk shoir, davlatimiz arbobi, so'z mulkining sultoni hazrat Alisher Navoiy haykali yonida tantanali tadbir tashkil etildi

Unda,viloyat hokimligi, viloyat boshqarma va tashkilotlari, taʼlim muassasalari hamda keng jamoatchilik vakillari, yozuvchi, shoirlar va yoshlar bilan bir qatorda Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti jamoasi va talabalari ham ishtirok etdilar.

Bayramni viloyat hokimining oʼrinbosari Fayzullo Qosimov ochib berdi hamda ona tilining inson hayotida tutgan oʼrni va yurtimizda til masalasida olib borilayotgan davlat siyosati haqida so'zladi. Shundan so'ng, o'zbek tiliga bag'ishlangan tadbir dasturi bo'lib o'tdi
.

Bizni kuzatishda davom eting
https://t.me/ferghana_medical_institute