Get Mystery Box with random crypto!

TRIZ pedagogikasi | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi triz_pedagogikasi — TRIZ pedagogikasi | Rasmiy kanal T
Telegram kanalining logotibi triz_pedagogikasi — TRIZ pedagogikasi | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @triz_pedagogikasi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.74K
Kanalning ta’rifi

▪️"TRIZ pedagogikasi"
— O‘qituvchilar va tarbiyachilar uchun zamonaviy metodlar;
— Foydali maslahatlar.
📲 Murojaat: @TRIZ_menejer

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-03-01 05:00:11
Assalomu alaykum, azizlar!

Bugun 1 - mart, Seshanba tonggi barchangizga muborak bo'lsin!

Barcha intiqlik bilan kutgan, fasllar kelinchagi Bahor fasli kirib keldi! Barchangizga
Yangilanish, yasharish fasli qutlug' kelsin!

Kuningiz xayrli va barokatli o'tsin!
4.5K views02:00
Ochish/sharhlash
2022-02-28 13:02:25 Onotoledan samarali kitob o'qish bo'yicha 7 qoida

... davomi

4. Alternativ formatlar

Hozirda bilamizki, kitoblarni o'rnini bosuvchi boshqa manbalar ham bor. Masalan, maqola, audiokitoblar, infografika, longrid, dayjest, turli sayt va boshqalar. Agar kitobdan tashqari boshqa ma'lumotlar olinishi kerak bo'lsa, yoki zerikarli bo'lsa, yuqoridagi alternativ formatlardan ham mukammal foydalaning.

5. Qalam bilan o'qish

Asarni doim qalam bilan o'qishga odatlaning. Negaki, kitobni nafaqat o'qish, balki unda uchraydigan iqtiboslar, rivoyat va boshqa yaxshi narsalarni yozib qo'yish, belgilash, chizish kerak. Shunda kitob haqiqatda o'zingizniki bo'ladi. Agar kitob — so' zlar, ma'nolar ummoni bo'lsa, uni mutolaa qilishda, uning asosiy maqsadini, falsafa, g'oyasini ajrating, tahlil qiling.

6. Kuniga 30 betdan mutolaa qilish

Hammaning kitob o'qishda o'zining ritmi, o'qish tezligi bo'ladi: masalan, “Marafonchi” o'qish ritmidagilar – bir oy davomida juda kam o'qishadi, “Spinterlar” esa, bir necha kunda kitobni tugata oladilar. Lekin bu muammoning ham yechilish usuli bor:
Buning uchun bir kunda, bir soat davomida kitobni 30 betdan o'qish kerak. Qarabsziki, bir necha hafta mobaynida bir kitob, yil davomida esa, 60 ta kitob o'qigan bolasiz.

7. Janrlarni aralashtirib mutolaa qilish

Kitob o'qishda bilamizki, hammaning o'z sevgan janri bo'ladi, masalan, kimdir faqat detektiv janrdagi, kimdir esa, badiiy janrdagi asarlarni o'qishni xush ko'radi. Lekin, doimo turli janrlarni aralashtirib mutolaa qilgan ma'qul, negaki dunyoqarash, saviya, yangi bilimlar shundagina shakllanib, ziyoda bo'ladi, yangilanadi.
Shunday qilib, kitob – doimo insoniyatning yo'lini yoritgan “chiroq” bolib, uning o'qilish tartib va qoidalariga amal qilsakkina, uning ziyosidan to'liq bahramand bo'lamiz
3.1K views10:02
Ochish/sharhlash
2022-02-28 09:30:06 Onotoledan samarali kitob o'qish bo'yicha 7 qoida

Qanday qilib kitobni samarali o'qish mumkin? Kitobning o'qishga loyiqligi, uning diqqatga sazovorligini qanday qilib bilib olish mumkin? O'qiganlarimizni uzoq vaqtgacha qanday xotiramizda saqlashimiz mumkin? Bunda sizga Onotolening bularga javob qilib bergan 7 maslahati qo'l keladi.

1.Kitoblar royxati

Ko'pchilik kitoblarga nisbatan g'alati qizg'anchiqlik, apatiyani his qiladi, ya'ni biz kitob olishni yaxshi ko'ramiz, ularni tokchalarimizda yig'ib boramiz, lekin har doim ham o'qimaymiz. O'qilmagan kitoblarimiz ro'yxati esa oshib, bizga har tomonlama zarar keltiradi.
Oldindan, jamlab qo'yish uchun kitob xarid qilmang. Sizga 1 ta yoki 2 ta kitob yetarli. Qolgani esa, o'zining o'qilish vaqtiga qadar kutib turadi. Yana qimmat bo'lgan, illyustratsiyaviy nashrlarning kitoblarini kamroq oling.

2. 50 bet qoidasi

Sayoz, mazmunsiz kitoblarni o'qish uchun hayotimiz juda qisqa. Shunday ekan, zerikarli, foydasiz kitoblarni farqlashni biling. Kitobning boshidagi 50 betni o'qish orqali, uning qandayligini bilish mumkin. Mutolaa qilishda, 50-betdan oshib ketsangiz, demak osha kitob haqiqatdan diqqatga sazovordir. Har yili yuzlab qiziqarli kitoblar chiqadi, shunday ekan yomon kitoblarga ikkinchi imkon bermaslikka harakat qiling.

3. Nima haqida kim yozmoqda?

Mutolaa oldidan kitob haqidagi qisqacha tariflar va muallif haqida o'qib chiqing. Kitobni o'qishdan oldin o'zingizga savol bering; bu kitob orqali nimalarni bilmoqchisiz? Kitobdagi tahlil, ko'tarilgan mavzu va boshqalar sizga qaysi muommolarni yechishga yordam beradi? Mana shularni aniqlashtirsangiz, siz kitob mutolaasi tartibiga ega bo'lasiz.

.... davomi keyingi postda
3.5K viewsedited  06:30
Ochish/sharhlash
2022-02-28 05:05:07
Assalomu alaykum, azizlar!

Sog‘–salomat uyg‘otgan Robbimizga hamdlar bo‘lsin!

Bugungi kuningiz kechagi kuningizdan xayrli, fayzli, manfaatli va barakaliroq bo‘lsin, azizlar!
3.0K views02:05
Ochish/sharhlash
2022-02-27 09:30:05 O‘quvchilarni matematikaga qiziqtirish uchun 5 ta maslahat

Har bir o‘qituvchi aʼlochilar bilan bir qatorda o‘qishga qiziqishi sust bo‘lgan bolalar bilan ham ishlashiga to‘g‘ri keladi. Quyida sizga o‘quvchilarni matematikaga bo‘lgan qiziqishini oshirishning 5 ta foydali usullarini keltirib o‘tamiz.

O‘quvchilaringiz bilimidagi kamchiliklarga eʼtibor bering: qachonki biz mavzu bo‘yicha bolaning bilimidagi bo‘shliqlarni aniq ilg‘ay olsak, unda o‘quvchida yangi bilimlarga qiziqish paydo bo‘ladi. Avvaldan murakkab misollardan boshlamang va sinfdagi barchaning umumiy darajasini inobatga olishga harakat qiling.

Bolada yutuqlarga erishishda ketma-ketlikni asos qilish: yaʼni bu juda oddiy. Siz o‘z tushuntirishlaringizni mantiqiy ketma-ketlik bilan olib boring. Bular ularni imkon qadar miyasida tez tushunib, asosiy mantiq qayerda ekanligini anglab yetsin.

Hayotiy muammoli topshiriqlar berish: bir narsani yodda tutinki, qachonki bola siz berayotgan bilimni hayotining qaysi qismida as qotishini aniq his etsa, u sizning faningizni chin dildan yoqtiradi. Mavzuga doir hayotiy masalalar berib, kim birinchi javob topishlariga harakat qilishga undang.

Dars jarayonida qiziqarli va ko‘ngil ochadigan vazifalar berib borish: misol uchun turli topishmoqlar, o‘yinlar, matematik paradokslar, maktab binolari atrofida matematik yurishlarni amalga oshirish.

Matematika haqida qiziqarli hikoyalarni aytib berish: masalan, Karl Fridrix Gaus 10 yoshida 1 dan 100 gacha sonlarni bir minutda qanday qilib tez qo‘sha olgani haqidagi misollar.
3.2K views06:30
Ochish/sharhlash
2022-02-27 05:04:55
Assalomu_alaykum, azizlar!

Bugun, 27-Fevral, Yakshanba! Yangi dam olish tongi barchamizga muborak bo‘lsin!

Sog‘–salomat uyg‘otgan Robbimizga hamdlar bo‘lsin!
5.4K views02:04
Ochish/sharhlash
2022-02-26 17:00:40 ​​#bilasizmi

Eng boy o‘qituvchi...

Eng boy va kamtar o‘qituvchi, Devid Cheriton - Stenford universitetining oddiy va aqlli professori.

U eng boy o‘qituvchi bo‘lishi Google kompaniyasi bilan bog‘liq. Barchasi 1998-yilda Google nomli startap uchun ikki talabaga ( Stiv va Pey ) 100.000 dollar qarz bergan. Uning hozirgi boyligi 8.8 milliard dollarni tashkil etadi.
2.8K views14:00
Ochish/sharhlash
2022-02-26 08:09:39 Bolalarning xotirasini kuchaytiruvchi usullar

Xotira va diqqatni rivojlantirish uchun

Bolalarga qiziqarli narsalar ko'proq esda qoladi. Bolaga mavzuga doir qo'shimcha ma'lumot - fakt, foto va videorolik topishga yordam bering.

Individual yondashuv

Bolaga ma'lumotlarni eslab qolish uchun mnemonika texnikasi: sxemali suratlar, solishtirish, qisqartmalar, taqqoslashlar, shuningdek, qofiyalar bilan eslab qolishga yordam bering.

Stressli sharoit bolaning eslab qolish imkoniyatlarini kamaytiradi

Bola ma'lumotni qanday qabul qilishi - ko'rish, eshitish va bog'lab eslab qolishidan kelib chiqib yo'l tutish kerak. Birgalikda mashq qiling: hafta davomida yuz bergan hodisalarni muhokama qiling, o'qigan kitobingizdagi parchalarini aytib bering, hafta davomida bir marta qisqa she'r yodlang.
2.9K views05:09
Ochish/sharhlash
2022-02-26 05:00:06
Kuningiz qanday bo'lishi tongni qanday qarshilashingizga bog'liq!

Xayrli tong azizlar!
2.6K views02:00
Ochish/sharhlash
2022-02-25 11:30:06
#bilasizmi

Mnemonika nima?

Mnemonika (yun. mnemonika — eslab qolish sanʼati) — turli assotsiatsiyalar hosil qilish yoʻli bilan esda olib qolishni osonlashtiruvchi va xotira hajmini kengaytiruvchi usullar tizimi.

Baʼzi mnemonistlar oʻzlashtirishda har xil effektiv usullarni qoʻllashga oʻrganganligi tufayli katta hajmdagi, hatto maʼnosiz materialni tez va uzoq umddat esda olib qolish qobiliyatiga erishadilar.

Lekin xotira samaradorligini tub maʼnoda oshirish uchun sunʼiy usullardan foydalanish ikkinchi darajali hamda yordamchi boʻlib hisoblanadi.
3.1K views08:30
Ochish/sharhlash