Get Mystery Box with random crypto!

“Zakovat” - faqat yoshlar o‘yini emas Yaqinda bo‘lib o‘tgan h | Toshkent viloyati Zakovat klubi

“Zakovat” - faqat yoshlar o‘yini emas

Yaqinda bo‘lib o‘tgan hududiy “Zakovat” o‘yinlaridan keyin ba’zi kuzatuvchilar turnirlarda keksa yoshli ishtirokchilar ham qatnashayotganiga e’tibor qaratdi. Ammo bu holat yangilik emas.

Xususan, Navoiy viloyatidagi o‘yinda qatnashgan 64 yoshli Rauf Asanov Navoiy klubining doimiy a’zosi hisoblanadi va klub o‘yinlarida ham muntazam qatnashib boradi. Rauf Asanov Navoiy viloyatida faqat intellektual o‘yinlar bilan cheklanmay, yoshlar orasida futbol musobaqalarini tashkil etishda ham tashabbus ko‘rsatib, ularni o‘z hisobidan sovg‘alar bilan rag‘batlantirganiga ham guvoh bo‘lish mumkin.

Samarqandlik 74 yoshli otaxon bilimdon - Hamdullo Hojiyev ham Samarqand viloyatida tashkil etiladigan yirik intellektual turnirlarda qoldirmay qatnashadi. Hamdullo boboni ba’zilar 2021-yil martida Samarqand viloyatidagi Breyn-ring musobaqasining eng keksa ishtirokchisi bo‘lgani bilan eslab qolgan. O‘sha vaqtda otaxon Breyn-ringga qiziqishi ortidan turnirning eng keksa ishtirokchisi sifatida 10 mln so‘m bilan rag‘batlantirilgani ko‘pchilikning olqishiga sazovor bo‘lgandi.

Hamdullo bobo “Zakovat”da o‘z savollari bilan ham ishtirok etib keladi. Bunga misol sifatida 2019-yil finalida otaxonning Saidakrom Rasulev jamoasiga qarshi ishtirok etganini keltirish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok