Get Mystery Box with random crypto!

2022-yilda 'Zakovat' NNT tomonidan o'tkazilgan yirik turnirlar | Toshkent viloyati Zakovat klubi

2022-yilda "Zakovat" NNT tomonidan o'tkazilgan yirik turnirlar:

1. Intellektual marafon
(30-yanvar, g'olib — "Espero" jamoasi;

2. "Xotira" turniri (8-may, g'olib — "Jobir Ahmedov" jamoasi);

3. Ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar o'rtasidagi "Zakovat" chempionati (19-20 iyun, g'olib — "EnerGy" jamoasi);

4. Mahallalar o'rtasidagi "Zakovat" chempionati — (final bosqichi 22-iyun, g'olib — Samarqand viloyati Payariq tumani "Sorisuv" mahallasi);

5. Toshkent "Intellektual marafon"i (4-sentyabr, g'olib — "Jobir Ahmedov" jamoasi);

6. “Zakovat” o‘yini bo‘yicha I Markaziy Osiyo chempionati va kubogi (24-25-sentyabr, g'oliblar — "Простые работяги" va Qozog'iston terma jamoalari);

7. Umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida "Zakovat" chempionati (final bosqichi 9-oktyabr, g'olib — Farg'ona viloyati Farg'ona tumani 36-maktab);

8. Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasidagi “Zakovat” chempionati (11-oktyabr, g'olib — Namangan shahridagi Prezident maktabi);

9. O‘rta maxsus va professional ta'lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida "Zakovat" chempionati (final bosqichi 16-oktyabr, g'olib — UrDU akademik litseyi);

10. "Zakovat-Gambit" shaxmat turniri (final bosqichi 29-30-oktyabr, g'oliblar — "A" guruh - Javohir Sindorov, "B" guruh - Xumoyun Begmurodov, "C" guruh - Afruza Hamdamova, "D" guruh - Islombek Sindorov, "E" guruh - Madinabonu Xalilova, shuningdek, shaxmat mavzusidagi "Zakovat" musobaqasi - "Respect" jamoasi);

11. O'qituvchilar o'rtasidagi "Zakovat" chempionati (final bosqichi 27-noyabr, g'olib — Farg'ona davlat universiteti);

12. Mahallalar o'rtasidagi "Zakovat" chempionati — (final bosqichi 7-dekabr, g'olib — Buxoro viloyati Buxoro shahri "Ahmad Donish" MFY);

13. OTM talabalari o'rtasidagi "Intellektual olimpiada" (umumiy hisobda — QarDU, "Zakovat" musobaqasida — TTA, Breyn ringda — ADU, Erudit-kvartetda — NamDU, Shaxsiy o'yinda — O'rozboy Qudratov (JDPU));

14. Sportcha "Zakovat" bo'yicha O'zbekiston chempionati (24-25-dekabr, g'olib — "Espero" jamoasi);

15. Shaxsiy o'yin bo'yicha O'zbekiston chempionati (24-25-dekabr, g'olib — Saidakrom Rasulev);

16. Vazirlik va idoralar o‘rtasida “Zakovat” turniri (27-dekabr, g'olib — Milliybank jamoasi);

Zakovat +